Ekspert O’zbekistonning elektr energetikasi kelajagi xususida: insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya va yashil narx-tarifni qanday tadbiq etish mumkin


Download 17.75 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.75 Kb.
#1552073
  1   2   3
Bog'liq
Ekspert O


Ekspert O’zbekistonning elektr energetikasi kelajagi xususida: insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya va yashil narx-tarifni qanday tadbiq etish mumkin
“O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari Ravshan Xo‘janov energetika sohasida qanday muammolar mavjudligi va respublikamizda qurilayotgan AES loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekiston energetika sohasidagi zarar ko‘ruvchi tashkilotlarni imkon qadar kamaytirishga harakat qilmoqda. Bu Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan 2018 yil Davlat dasturida nazarda tutilgan. Bu esa davlat ulushi bor tashkilotlarning samaradorligini oshirish va sog‘lomlashtirish imkonini beradi.

Avvalroq, Spot elektr energiyani ishlab chiqarishda monopoliyaga barham berish rejalashtirilayotganini yozgan edi. Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1.3 milliard $ni tashkil etadi.

“O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari, Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a’zosi va “Aleksander Gumboldt” jamg‘armasi vakili Ravshan Xo‘janov energetika sohasida qanday muammolar mavjudligi va respublikamizda qurilayotgan AES loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘zbekenergo” muammolari va quvvat yetishmasligi


O‘zbekiston energetikasida bugungi kundagi vaziyat bir muncha og‘ir holatda. O‘rnatilgan quvvat qog‘ozda 12 GVtni tashkil etsa-da, amalda 10 GVt mavjud, bizga esa taxminan 15−20 GVt quvvat kerak.

Avvalambor, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib boradigan elektr energiya yo‘qotishlarining oldini olish zarur. Misol uchun, AQSH va G‘arbiy Yevropada bu yo‘qotishlar 5% ni tashkil etadi, bizda esa 20%.

Bunga sabab ba’zi bir texnologiyalar ma’nan eskirgan. Ularni zamonaviy tejamkor va samarador texnologiyalarga almashtirish kerak. Undan tashqari, aholining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishini bartaraf etish, aholiga esa, o‘z navbatida, shirkatlar tarafidan sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kerak.
O‘zbekistonda elektr energiyani ishlab chiqarish, uni sotish va iste’molining aniq bir mexanizmi, sohani rivojlantirish nizomi yo‘q. “O‘zbekenergo” esa yuqoridan keladigan buyruq va ko‘rsatmalarni bajaruvchi vazifasiga aylanib qoldi.
Albatta, O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yuqori voltli uzatmalar yangilangan. Ammo bu ham tizimni qutqara olmaydi.

Shuningdek, bu sohada mutaxassislar yetishmovchiligini kuzatish mumkin. Sohada juda katta kadrlar aylanmasi mavjud. Kimda xorijga ketish imkoni bo‘lsa, chiqib ketmoqda. Yaxshi mutaxassislar O‘zbekistonda noyob holga aylanmoqda.



Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling