Ekspertiza mc uz
Download 199.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Бандихон тумани 3-сонли
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Asosiy konstruktitiv yechimlar va parametrlar
3.4. Hudud bosh rejasi
Bosh reja bo‘yicha yordamchi xonalaridan iborat blogi bilan birga sportzal binosi binosi, sig‘imi 15m3 li xandak, 50m3 li yong‘in va 6m3 li ichimlik suvi hovuzlari qurish, yong‘in shiti, hovli o‘rindiqlari o‘rnatish, ichki va tashqi muhandislik tarmoqlarini tortish hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zda tutilgan. 3.5. Asosiy konstruktitiv yechimlar va parametrlar Loyihalashtirilgan yordamchi xonalaridan iborat blogi bilan birga sportzal binosi “Uzshaharsozlik Ixtisoslashtirilgan loyiha tadqiqot instituti” DUK tomonidan ishlab chiqilgan 224-6-43c.04-14 raqamli namunaviy loyiha hududga bog‘langan, anitiseysmik choklar bilan ajratilgan ikkita blokdan iborat: Sahifa 3 -sportzal bloki bir qavatli, to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklda, quyma temir beton karkas konstruksiyali, tashqi devorlari pishgan g‘isht bilan to‘ldiriladi, poydevorlari quyma tasmasimon va alohida turuvchi temir beton va yigma temir beton bloklardan, tomi metall konstruksiyali fermalardan bo‘lib, tom sendvich tipidagi panellar bilan qoplanadi, devorlar o‘qlari bo‘ylab o‘lchamlari 12.0x24.0m, zalning balandligi metall fermaning tagigacha 7,0 m, blokning balandligi polning ustidan parapet tepasigacha 9.55m; - yordamchi xonalar blogi bir qavatli, to‘g‘ri to‘rtburchakl shaklda, devorlari kompleks kuchaytirilgan konstruksiyali, poydevorlari tasmasimon quyma temir beton va yigma temir beton bloklardan, tom yopmasi yig‘ma temir beton ko‘p bo‘shliqli plitalardan, issiqlik qobig‘i keramzit shag‘alidan, tomi karkasi yog‘och konstruksiyali bo‘lib polimer qoplamali profto‘shama bilan qoplanadi, devorlar o‘qlari bo‘ylab o‘lchamlari 15,6x12,0m, xonaning balandligi 2,7m, blokning balandligi polning ustidan tomining tepasigacha 5,80m; Loyihalashtirilayotgan sportzal blogining zilzilaga bardoshligini bikr tarzdagi romlar tugunlaridan iborat temir beton sinchlar, seysmik yukni qabul qilishda ishtirok etuvchi gishtli devorlar, rom ustunlarining poydevorlarga bikrligi va tom metall fermalarining rigellarga bikrlanishi ta'minlaydi. Loyihalashtirilayotgan yordamchi blokning zilzilaga bardoshligi bikr tarzda konstruksiya yaratilishi bilan ta'minlanadi. Binoning bikrligi bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar tizimi bilan hamda yig‘ma temir beton plitalardan iborat tom yopmalarining antiseysmik belbog‘larga betonlab qotirilishi natijasida hosil bo‘ladigan bikr diski bilan ta'minlanadi. Bino devorlari armaturalar bilan kuchaytiriladi. Cho‘kuvchanlikka qarshi tadbirlar 2.02.01-96 QMQ talablariga asosan inobatga olingan. Beton va temir beton konstruksiyalari tuproqqa ko‘miluvchi qismlarining yemirilishga qarshi himoyasi uchun poydevor tagiga to‘shama materiallar bilan 1 qatlamli va tik yuzasiga 2 qatlamli bitum bilan gidroizolyasiya qilininishi inobatga olingan. Ob'ektdan favqulotda holat sharoitida foydalanish kafilligi (mazkur holatda seysmik ta'sirchanlik) bino va inshootlarning “Seysmik hududlarda qurilish” nomli 2.01.03-96sonli QMQ talablari asosida qo‘shimcha kuchaytirilishlari bilan ta'minlanadi. Yong‘inga qarshi tadbirlar nomli 2.01.02-04 sonli ShNQ talablariga asosan quyidagi tadbirlar ko‘zda tutilgan: yong‘inga qarshi signalizasiya tarmog‘ini qurish, barcha yog‘och qurilmalariga yong‘indan himoyalash voisitalari bilan ishlov berish, o‘t o‘chiruvchi vositalarning binolarga yaqinlashish sharoitini yaratish, Download 199.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling