Ekstraksion apparatlar
Download 0.78 Mb.
|
ATJQ 11-mavzu
EКSTRAGENTLARNI TANLASHSuyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Erituvchilarga bir qator talablar qo‘yiladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: 1) kerakli komponentga nisbatan tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishlik; 2) erituvchining kerakli komponentni o‘zida eritib, yutib olish qobiliyati; 3) erituvchi tarkibidan yutilgan komponentni yengil ajratib olish, ya’ni reekstraksiyalash imkoniyati borligi; 4) fazalarning qatlamlarga oson ajralishi; 5) erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo‘lishligi uchun, u zaharli, uchuvchan, portlab ketish xossalariga ega bo‘lmasligi kerak; 6) saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va reekstraksiyalash) parchalanib ketmaslik; 7) narxi arzon; 8) oson topiladigan, ya’ni kamyob bo‘lmasligi kerak; 9) erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‘lgan suyuqlik zichligidan kam bo‘lishi shart. Suyuqliklarni ekstraksiyalashni o‘rganishda tarqalish koeffitsiyenti va ajratish omili tushunchalaridan foydalaniladi. Ekstrakt tarkibidagi kerakli komponentning muvozanat holatdagi konsentratsiyasini ushbu komponentning rafinatdagi muvozanat konsentratsiyasiga nisbati tarqa-lish koeffitsiyenti deb ataladi: y m x , (1) bu yerda, y – tarqalayotgan komponentning ekstraktdagi muvozanat ulushi; x – tarqalayotgan komponentning rafinatdagi muvozanat ulushi. Tarqalish koeffitsiyentining qiymatiga ko‘ra erituvchining ekstraksion qobiliyatini aniqlash mumkin. m ning qiymati qancha katta bo‘lsa, bunday erituvchining suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib olish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ekstraksion sistemalarda m – ning qiymati 1 dan 10000 gacha o‘zgaradi. Erituvchining ajratish qobiliyatini baholash uchun quyidagi nisbatdan foydalaniladi: y 1 m x y x y x 1 1 1 2 1 : 1 m y yx y x , (2) 2 2 2 1 2 2 x2 bu yerda, m1 – aralashmadagi birinchi komponentning tarqalish koeffitsiyenti; m2 – aralashmadagi ikkinchi komponentning tarqalish koeffitsiyenti. Кattalik β ekstraksiyalashdagi ajratish koeffitsiyenti yoki omili deb ataladi. Ushbu koeffitsiyent ajralayotgan komponentlarning ekstraktdagi muvozanat konsentratsiyalari rafinatdagi muvozanat konsentratsiya-laridan necha marta kattaligini bildiradi. Bu koeffitsiyent rektifikatsiya-lash jarayonidagi komponentlarning nisbiy uchuvchanligiga o‘xshaydi. Haqiqiy sharoitlarda β ning qiymati 2 dan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling