Ekstraksion apparatlar


EКSTRAКTORLARNING TUZILISHI


Download 0.78 Mb.
bet12/21
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1746397
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ATJQ 11-mavzu

EКSTRAКTORLARNING TUZILISHI


Sanoatda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan uskunalar asosan uch turga bo‘linadi: aralashtirish-tindirish; kolonnali; rotatsion ekstraktorlar.
Aralashtirish-tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish-tindirish ekstraktorlari vazifasini aralash-tirgichli uskunalar bajaradi. Bir pog‘onali ekstraksiyalashni uzlyuksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat uskunalar ishlatiladi. Sanoatda aralashtirgichlar sifatida injektorli, diafragmali, quvurli aralashtirgichlar, markazdan qochma nasos, oddiy ventillator keng ishlatiladi.
Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi bo‘ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada aralashma ikki qismga ajraladi. Yengil fraksiya (ekstrakt) idishning tepasida joylashgan shtuser orqali chiqadi. Og‘ir fraksiya (rafinat) esa tindirgichning pastki qismidagi shtuser va sifon orqali tashqariga chiqadi.
Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan boshqa tindirish uskunalar (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma separatorlar) ham ishlatiladi.
Sanoatda ko‘pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operatsiyalari bitta uskunada amalga oshiriladi. Bunday uskunalar aralashtirish- tindirish esktraktorlari deb ataladi (8-rasm). Yengil faza quvur (1), og‘ir faza esa quvur (4) orqali aralashtirish kamerasining propellerli nasos o‘rnatilgan qismi

  1. ga kiradi. Bu yerga quvur (10) va halqasimon bo‘shliq (3) orqali tindirish zonasining yuqorigi va pastki qatlamlaridan emulsiya o‘tadi. Quvur (10) va halqasimon bo‘shliq (3) ning balandligi resirkulatsiya qilayotgan yengil va og‘ir fazalarning ulushini belgilaydi. Yengil va og‘ir fazalar aralashmasi aralashtirish kamerasi (7) dan halqasimon kamera (9) ga, u yerdan tindirish bo‘shlig‘i (11) ga o‘tadi. Og‘ir faza tindirish bo‘shlig‘ining pastki qismidan quvur (12) orqali ekstraktorning keyingi bosqichiga yuboriladi. Yengil faza tindirish zonasining yuqorigi qismidan kollektor (6) orqali tashqariga chiqariladi.

      1. rasm. Aralashtirigich-tindirgich rusumidagi ekstraktorning sxemasi:

1 – yengil faza kiradigan quvur; 2 – aralashtirish quvuri; 3 – emulsiyani resirkulatsiya qilish uchun halqasimon bo‘shliq; 4 – og‘ir fazani kiritsh uchun quvur; 5 – propellerli nasos; 6 – yengil fazani chiqarish uchun kollektor; 7 – aralashtirish kamerasi; 8 – uzatma; 9 – halqasimon kamera; 10–emulsiyani resirkulatsiya qilish uchun quvur; 11 – tindirish zonasi; 12
– og‘ir fazani chiqarish uchun quvur. Oqimlar: I – yengil faza; II – og‘ir faza.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling