Ekstremal vaziyatlarda shaxsga psixologik ta’sir etishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 292.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi292.62 Kb.
#1125883
  1   2   3   4
Bog'liq
3031-Article Text-6141-1-10-20220426



Ekstremal vaziyatlarda shaxsga psixologik ta’sir etishning 
o‘ziga xos xususiyatlari 
Olmos Ravshanovich Avezov
Abdurahmon Shuhrat o‘g‘li To‘ymurodov
 
avezov.olmos@gmail.com
 
Buxoro davlat universiteti  
 
Annotatsiya: Maqolada 
ekstremal vaziyatlarda shaxsga psixologik ta’sir qilish, 
shaxslarning ma’lum doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari 
haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi, shuningdek, ekstremal vaziyatlarda 
psixologik himoyani talqin qilishning nazariy-fundamental asoslariga alohida to’xtalib 
o’tilgan.
 
Kalit so’zlar:
ruhiy bezovtalikning paydo bo‘lishi, inson psixikasi, Ekstremal 
vaziyat, emotsional zo‘riqishlar, himoya mexanizmlari, psixologik xizmat jarayonida 
shaxs
 
Specific characteristics of psychological influence in extreme 
situations 
Olmos Ravshanovich Avezov
Abdurahmon Shuhrat o‘g‘li To‘ymurodov
 
avezov.olmos@gmail.com
 
Bukhara State University  
Abstract: The article focuses on the psychological impact on the individual in 
extreme situations, the need for individuals to have sufficient information about a 
certain range of psychological capabilities, achievements, shortcomings, as well as the 
theoretical and fundamental foundations of the interpretation of psychological 
protection in extreme situations. 
Keywords: Emergence of mental disorders, human psyche, Extreme situation, 
emotional stress, defense mechanisms, personality in the process of psychological 
service 
Favqulotda va ekstremal vaziyatlar (tabiiy ofat, yer qimirlashi, turli xil avariya 
holatlari, yong‘inlar, epidemiya tarqalishi va hokazolar) barcha zamonlarda 
insoniyatga turli xildagi hissiy zo‘riqishlar va ruhiy shikastlar yetkazib kelgan. 
Masalan, bu holat tarixdan bizga ma’lumki, ilk bor Yegipetda sodir etilgan bo‘lib butun 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
717


O‘rta yer dengizi bo‘ylab 60 yil davom etgan. Mazkur epidemiyaning eng avj olgan 
davrlarida, aniqrog‘i 542-yilda Konstantinopolda har kuni mingdan ortiq odamga o‘lim 
- o‘lat vabosi chang solgan. Dunyo tarixida ikkinchi eng fojeali epidemiya bu G‘arbiy 
Yevropa hududida “qora o‘lim” nomi bilan iz qoldirgan (XIVasr) Bundan tashqari, 
1346-48 yillarda G‘arbiy Yevropada ayovsiz “vabo”ning keng tarqalishi tufayli 25 
milliondan ortiq aholi qirilib ketgan. 1892 yilda mudhish “Vabo” kasalining tarqalishi 
oqibatida Hindistonda 6 million aholi qirilib ketdi va bu hayot Janubiy Amerikaga ham 
o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
Bugungi kunda butun dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatlar, Turli 
mintaqalarda odamlarni qiynayotgan ocharchilik, avtomobil va yashash joylarida 
yuzaga keladigan muammolar, tog‘li hududlardagi mavsumiy yog‘ingarchiliklar bilan 
bog‘liq minglab odamlar sarosimaga tushadi va ularni tinchlantirish juda mushkuldir . 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha mazkur holatdagi ruhiy bezovtalikning paydo 
bo‘lishi odamlardagi bevosita jiddiy kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. 
Binobarin, yuqoridagi ekstremal vaziyatlarning inson psixikasiga ta’sirining 
o‘rganilishi psixologiya fani amaliyotida yangi yo‘nalish - ekstremal psixologiya 
fanining keng ko‘lamda rivojlanishini taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan ekstremal 
psixologiya fani turli xil noodatiy yoki favqulotda inson psixikasida hosil bo‘luvchi 
psixologik qonuniyatlarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. 
Tegishli adabiyotlarda favqulotda va ekstremal vaziyatlarga ma’lum darajadagi 
ta’riflar beriladi. Jumladan, favqulotda vaziyat - bu ma’lum chegaralangan hududlarda 
namoyon bo‘luvchi avariya holatlarining inson salomatligiga, uning ongi va 
hissiyotlariga, ruhiy holatlariga salbiy ta’sir etuvchi holatlar bilan belgilanadi. 
Ekstremal vaziyat lot. extremus - oxirgi, inqirozli kabi tushunchalardan olingan 
bo‘lib, unda alohida sub’ekt sifatidagi shaxs idrokiga, hayotiga, salomatligiga turli xil 
tahdidlar solinishi oqibatida salbiy ta’sirlar qurshovida qolib ketadi. 
Darhaqiqat, turli omillar bilan bog‘liq bo‘lgan ekstremal vaziyatning namoyon 
etilishi insonning psixologik tabiatiga bevosita salbiy ta’sir etishi shubhasizdir. 
Natijada insonda muayyan darajadagi depressiv holatlarning namoyon etilishi 
kuzatiladi. Ushbu depressiv holatdan chiqish uchun esa albatta insonga psixologik 
xizmat ko‘rsatish zarurdir. Buning uchun esa eng avvalo ekstremal holatni keltirib 
chiqaruvchi psixo-emotsional omillarni bilish talab qilinadi. Ushbu omillarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Xavfli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi turli xil emotsiogen harakatlarning 
namoyon etilishi. 
2. Ayni paytdagi zarur axborotlarning taqchilligi va vaziyatni yumshatishga 
qaratilgan axborotlarning yo‘qligi. 
3. Ruxiy, jismoniy va emotsional zo‘riqishlarning haddan tashqari ortib ketishi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
718


4. Noqulay ob-havo ta’siri: o‘ta issiq harorat, o‘ta sovuq harorat, kislorod havoda 
yetishmasligi va h.k. 
5.Ocharchilik, qurg‘oqchilikning boshlanishi va h.k. 
Yana shuni aloxida qayd etish lozimki, ekstremal vaziyatlarda inson organizmida 
stress holatiga tushish ko‘proq kuzatiladi.Insonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish 
uchun esa stressning moxiyati va kelib chiqish sabablarini bilish juda muximdir. 
Binobarin, Stressni o‘rganish bo‘yicha dunyoda yirik mutaxassis, Nobel mukofoti 
laureati, yetuk fiziolog olim Gans Sele (1907-1982) hisoblanadi. Olimning fikricha
stressga tushgan bemorlarda dastavval ishtahaning yo‘qolishi, harakatning susayishi, 
arterial qon bosimining ko‘tarilishi, tushkunlik holatlari ko‘proq kuzatiladi. G.Sele 
mazkur stress belgilarini “oddiy kasallik belgisi” deya belgilaydi. 
Taniqli psixolog Ivan Ognev tomonidan quyidagi tizim asosida shaxsning 
psixologik himoya mexanizmlari tavsiya qilinadi. 

Download 292.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling