Ekzistensial falsafaning mohiyati nimadan iborat?
Ekzistensializm paydo bo’lishi
Download 38.93 Kb.
|
2 5244665473739528417 aaaaassss
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekzistensializm
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ekzistensializm paydo bo’lishi
Ekzistensializm (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katga taʼsir koʻrsatgan.
Ekzistensializm (lot. existentia - "mavjudlik") insonlar oʻz hayotlari maʼnosini oʻzlari yaratishlarini taʼkidlovchi falsafiy oqimdir. Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] boʻshliq" mavzulari yoritilgan.[1] Foydalanilgan adabiyotlar 1. Gritsanov A.A. Eng yangi falsafiy lug'at/ Komp. A.A. Gritsanov. Mn.: Ed. V.M. Skakun, 1998. - 896 b. 2. Dostoyevskiy F.M. Jinoyat va jazo / Kirish. Art. G. Fridlander; Eslatma. G. Kogan. M.: Badiiy adabiyot, 1978. - 463 b. 3. Dostoyevskiy F.M. Maqolalar va eslatmalar, 1862-1865. Toʻliq asarlar toʻplami: 30 jildda T. 20. L., 1984 yil. 4. Sartr J.P. Borliq va hech narsa: Fenomenologik ontologiya tajribasi. M.: Respublika, 2000. - 639 b. 5. Rossiyaning diniy va falsafiy madaniyati - D.V. Dolgushin Download 38.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling