El-yurt umidi


Download 68.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi68.44 Kb.
#1591747
1   2   3   4
Bog'liq
PF-5545-сон 25.09.2018. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-
fevraldagi PF-6168-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y.,
06/21/6168/0111-son)
2018-yilda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan oliy ta’lim muassasalari
obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun ko‘zda tutilgan
hajmning 10 foizigacha miqdorida Jamg‘armaning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ajratiladigan
mablag‘lar;
Oldingi
 tahrirga qarang.


2019-yildan boshlab — keyinchalik Jamg‘armaning xorijiy olim va ekspertlarni, shu jumladan
vatandoshlarimizni jalb qilish bilan bog‘liq ta’lim dasturlari, tadbirlari, shuningdek, Jamg‘arma ta’lim
dasturlari samaradorligini ta’minlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga
ko‘maklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan
real ehtiyoji prognozini hisobga olgan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan
ajratiladigan 45 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar;
(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-
fevraldagi PF-6168-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y.,
06/21/6168/0111-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(10-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-
fevraldagi PF-6168-sonli 
Farmoniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari
bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Jamg‘armaning joriy ta’minoti, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash va
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha:
2018-yilda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan
holda Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda respublika oliy ta’lim
muassasalarining budjetdan tashqari (to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan)
mablag‘laridan ajratmalar;
2019-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(10-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-
fevraldagi PF-6168-sonli 
Farmoniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Jamg‘arma 2022-yil 1-yanvarga qadar soliq to‘lovlaridan ozod qilinsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli 
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
12. Jamg‘armaga to‘rtta yengil avtotransport vositasi, shu jumladan uchta shaxsiy va bitta
navbatchi avtomobil saqlash uchun limit ajratilsin.
13. “O‘zavtosanoat” AJ va Jamg‘armaning Jamg‘armani “O‘zavtosanoat” AJning Toshkent
shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 13-uy (3-qavat) manzilida joylashgan binosida
beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 171-uy manzilida joylashgan
Xorijda stipendiantlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va o‘qishini tashkil etish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining bo‘shayotgan bino va
inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik
berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga loyiha-tadqiqot ishlarini
amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek, berilayotgan bino va
inshootlarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish uchun Turizmi rivojlantirish
davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash budjetdan tashqari jamg‘armasining
mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi
Jamg‘armaga:


vatandoshlar va xorijiy mutaxassislar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
stipendiatlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qo‘yilishida, notarial va
boshqa xizmatlar ko‘rsatilishida, borgan davlatida stipendiatlarning o‘qishini monitoring qilishda;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-
6168-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
chet eldan ishga taklif etilayotgan xorijiy mutaxassislarning viza olishida;
xorijdagi vatandoshlarning tashkilotlari, xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbek
madaniy markazlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plashda, shuningdek, xalqaro
tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi belgilangan tartibda:
Jamg‘armani kerakli aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan, uning internet jahon
axborot tarmog‘iga keng polosali kirish bilan ta’minlasin;
vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish, shuningdek,
xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda videokonferensiyalar, internet-forumlar va teleko‘priklar
o‘tkazishda zarur texnik yordam ko‘rsatsin.
16. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va “Dunyo”
axborot agentligi Jamg‘arma faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot
vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
17. Jamg‘arma ikki hafta muddatda xorijdagi vatandoshlar bilan ishlashni tashkil etish hamda
xorijiy mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etish
tartibini ishlab chiqsin va Jamg‘armaning Vasiylik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli 
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
19. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvoxitov va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Download 68.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling