Noelastik toʻqnashuv nima?
Agar toʻqnashuvda kinetik energiya yoʻqotilsa, bunday toʻqnashuv noelastik deb ataladi. Noelastik toʻqnashuvda impuls saqlanadi, kinetik energiya esa yoʻq. Chunki kinetik energiya boshqa narsalarga sarf boʻladi. Issiqlik energiyasi, tovush energiyasi va jism deformatsiyasi bunga misol boʻlishi mumkin.
Tasavvur qiling, ikkita aravacha bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Ular oʻzaro toʻqnashadi va ularga biriktirilgan magnitlangan jismlar sababli oʻzaro yopishib qolib, bitta massa kabi harakatlanadi. Bu kabi toʻqnashuv mutlaq noelastik, chunki unda maksimal kinetik energiya yoʻqotiladi. Bunda oxirgi kinetik energiya nol boʻlishi shart emas; impulsning saqlanish qonuni ushbu holda ham oʻrinli boʻladi.
Hayotdagi toʻqnashuvlar mutlaq elastik va mutlaq noelastik orasida boʻladi. hhh balandlikdan erkin tashlangan koptok yerga urilib, oʻzining qattiqligiga bogʻliq holda qandaydir hhh dan kichik balandlikka qaytib koʻtariladi. Bunday toʻqnashuvlar odatda noelastik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |