Elastik toʻqnashuv nima?
Download 28.48 Kb.
|
Elastik toʻqnashuv nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti nima
- Qaysi biri koʻp ziyon keltiradi – mutlaq elastikka yaqin boʻlgan toʻqnashuvmi yoki noelastik
- Mavzuga oid manbalar
2a-mashq: aytaylik, 10 grammlik oʻq 1 kg vaznli ballistik mayatnik apparati tarkibiga kiradigan yukka qarata otildi. Agar yuk 0,3 m balandlikka koʻtarilsa, oʻqning boshlangʻich tezligi qanday?
[Yechim] 2b-mashq: tasavvur qiling, oldingi mashqda oʻq massa ikki barobar kichik va boshlangʻich tezligi ikki baravar katta boʻlgan oʻq bilan almashtirildi. Xuddi shu apparatlar bilan bu tajribani oʻtkazish xavfsizmi? Siz xuddi shunday natijani kutarmidingiz? [Yechim] Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti nima? Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0 va 1 orasidagi son boʻlib, u oʻzaro taʼsir qanchalik mutlaq elastik (0) yoki mutlaq noelastik (1) ekanini bildiradi. Biror moʻljalga urilib qaytayotgan jism uchun tiklanuvchanlik koeffitsiyenti boshlangʻich v_fvfv, start subscript, f, end subscript va oxirgi tezlik v_iviv, start subscript, i, end subscript lar nisbatiga teng. Yaʼni:
Odatiy sport toʻplari uchun tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0,35 dan (yogʻoch sirtga urilayotgan kriket toʻpi uchun) 0,9 (temirga [1] urilayotgan golf toʻpi uchun) gacha boʻladi. Bilyard toʻplarining tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0,98 gacha boʻlishi mumkin[2]. Qaysi biri koʻp ziyon keltiradi – mutlaq elastikka yaqin boʻlgan toʻqnashuvmi yoki noelastik? Bu siz nimaning ziyon koʻrishiga – mashinami yoki yoʻlovchi – qiziqishingiz bilan bogʻliq! Aytaylik, transport vositasi boshqa jism bilan elastik toʻqnashdi. Avtotransport majburiy ravishda qaytadi. Avtotransportning qaytishi natijasida impuls oʻzgarishi bunga ekvivalent noelastik toʻqnashuvdan kattaroqdir. Shu sababli yoʻlovchiga nisbatan katta kuch taʼsir qiladi va bu odam uchun yanada yomonroq. Boshqa tomondan, elastik toʻqnashuv boʻlgani bois transport vositasini deformatsiyalashga energiya sarflanmaydi. Natijada transport vositasining tuzilishiga yetkazilgan zarar minimal boʻladi. Zamonaviy avtomobillar noelastik va elastik toʻqnashuvlarga moslashtirib loyihalashtirilgan. Avtotransport korpusi toʻqnashuvda energiya toʻplashga moʻljallangan boʻlib, bu transport vositasining korpusiga oʻrnatilgan egilish zonalari deformatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Biroq ichki salon yoʻlovchilarga yetkaziladigan zararni minimallashtiradigan darajada mustahkam boʻlishi kerak. Mavzuga oid manbalar [1] A. Haron va K. A. Ismail 2012 Sport toʻplarining tiklanuvchanlik koeffitsiyenti: erkin tashlash testi “IOP Conference Series: Materials Science and Engineering” vol. 36 #1 dan olindi. [2] Mathavan, S., Jackson, M.R. va Parkin, R.M, 2010. Bilyard sharlari dinamikasining tahlili. “Proceedings of the Institution of Mechanical Engineers, Part C: Journal of Mechanical Engineering Science”, 224 (9), pp. 1863–1873 dan olindi. Download 28.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling