Elastik to‘qnashuv
Download 17.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqelastik
Noelasik to‘qnashuv. Agar toʻqnashuvda kinetik energiya yoʻqotilsa,
bunday toʻqnashuv noelastik deb ataladi. Noelastik toʻqnashuvda impuls saqlanadi, kinetik energiya esa yoʻq. Chunki kinetik energiya boshqa narsalarga sarf boʻladi. Issiqlik energiyasi, tovush energiyasi va jism deformatsiyasi bunga misol boʻlishi mumkin. Tasavvur qiling, ikkita aravacha bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Ular oʻzaro toʻqnashadi va ularga biriktirilgan magnitlangan jismlar sababli oʻzaro yopishib qolib, bitta massa kabi harakatlanadi. Bu kabi toʻqnashuv mutlaq noelastik, chunki unda maksimal kinetik energiya yoʻqotiladi. Bunda oxirgi kinetik energiya nol boʻlishi shart emas; impulsning saqlanish qonuni ushbu holda ham oʻrinli boʻladi. Hayotdagi toʻqnashuvlar mutlaq elastik va mutlaq noelastik orasida boʻladi. balandlikdan erkin tashlangan koptok yerga urilib, oʻzining qattiqligiga bogʻliq holda qandaydir dan kichik balandlikka qaytib koʻtariladi. Bunday toʻqnashuvlar odatda noelastik deyiladi. Ballistik mayatnik noelastik toʻqnashuv sodir boʻladigan qurilmaga misol boʻla oladi. Zamonaviy texnologiyalar yaratilishidan oldin ballistik mayatnik gorizontal otilgan jismlarning tezligini oʻlchashda qoʻllangan. Ushbu qurilmada jism osmaga qoʻyilgan ogʻir yogʻoch yuk ichiga qaratib otiladi. Toʻqnashuv natijasida oʻq yukning ichiga kirib qoladi. Kinetik energiyaning bir qismi muhitga issiqlik, tovush sifatida uzatilib, yogʻochni deformatsiyalaydi. Shunga qaramay, impulsning saqlanish qonuni oʻrinli boʻladi. Keyin yogʻoch biror tezlik olib, mayatnik kabi harakatlanadi. Bunday harakatda toʻla mexanik energiya saqlanadi. Bundan yogʻochning koʻtarilish balandligini bilgan holda yukning kinetik energiyasini topishimiz mumkin. Keyinchalik impulsning saqlanish qonunidan gorizontal otilgan jismning boshlangʻich tezligini hisoblaymiz. 2.3.1. (1-rasm) Ballistik mayatnidagi noelastik to‘qnashuv. Bizga faqat impulsning saqlanish qonuni oʻrinli ekani maʼlum, shuning uchun gorizontal otilgan jism va yuk sistemasining toʻqnashuvdan oldingi va keyingi impulslari teng boʻlishi shart. Bu yerda biz jism uchun va yuk uchun indeksidan foydalanamiz. yukning jism bilan noelastik toʻqnashuvidan keyin olgan tezligi. ( ) tezlikni topsak: Toʻqnashuvdan soʻng jism-yuk sistemasining toʻla energiyasi saqlanadi. Agar yuk erkin tushish tezlanishi boʻlgan muhitda maksimal balandlikka koʻtarilsa: ( ) ( ) tezlikni topsak: Boshlangʻich tezlik formulasiga impulsning saqlanish qonunidan kelib chiqqan tezlikni keltirib qoʻysak: √ bundan tezlikni topsak: √ Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0 va 1 orasidagi son boʻlib, u oʻzaro taʼsir qanchalik mutlaq elastik (0) yoki mutlaq noelastik (1) ekanini bildiradi. Biror moʻljalga urilib qaytayotgan jism uchun tiklanuvchanlik koeffitsiyenti boshlangʻich va oxirgi tezlik lar nisbatiga teng. Yaʼni: ga teng bo‘ladi. Download 17.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling