Electrochemistry


Download 36.44 Kb.
bet1/7
Sana02.06.2024
Hajmi36.44 Kb.
#1837396
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2а-тақдимот 2022 FIZ XIM

  • О‘zbekiston Respublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligi
  • TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
  • «Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi»
  • Ma’ruzachi: dotsent X.S. Talipova
  • 21.02.22
  • KIMYOVIY TERMODINAMIKA.
  • TERMODINAMIKANING 1 QONUNI
  • REJA:
  •  
  • Kimyoviy termodinamika.
  • Ish, issiqlik, ichki energiya va entalpiya.
  • Issiqlik sig‘imi va va uning turlari.
  • 4. Termodinamikaning 0 va 1-qonunlari va ularni turli jarayonlarga tadbiqi.
  • 2 – ma’ruza
  • Fizikaviy kimyoda kimyoviy muammolarni yechishda termodinamik usullarni qo’llash, y’ani termodinamik yondashuv juda samarali bo’lib chiqdi. Moddalarning kimyoviy reaksiyalarga kirishi faqat reagentlarning tabiatigagina bog’liq bo’lmasdan, balki jarayonni olib borishning fizikaviy sharoitlariga, y’ani bosim va haroratga ham bog’liqligini ko’rsatib berishga muvaffaq bo’lindi.
  • Termodinamikaning katta yutuqlaridan yana biri kimyoviy tajribalar o’tkazmasdan turib kimyoviy muvozanatlarni hisoblash mumkin bo’lganligidir. Alohida reagentlarning termodinamik xossalari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib reaksiya mahsulotlarining unumlarini oldindan aytib berish imkoniyati paydo bo’ldi. Shundan keyin termodinamika nazariy kimyoda mustahkam o’rin egalladi va har qanday fizikaviy kimyo kursining birinchi qismi bo’lib qoldi.
  • Termodinamika fani - harorat, issiqlik va issiqlik bilan ishning bir-biriga aylanishi haqidagi fandir:
  • “termo” – issiqlik
  • “dinamik” – kuch, ish.
  • “Termodinamika” atamasini birinchi bor 1854 yili Tomson taklif qilgan.
  • Kundalik turmushda bir turdagi energiya ikkinchi bir boshqa tur energiyaga aylanadi. Masalan,
  • -metall parmalanganda parma qiziydi – mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylandi;
  • -elektr toki motorni harakatga keltiradi – elektr energiyasi mexanik energiyaga aylandi;
  • kо‘mir yonganda issiqlik ajralib chiqadi – kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga aylandi va x.z.
  • Ammo bunda bir turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganligini bila olmaymiz. Buni bilishda termodinamika yordam beradi.
  • Demak, termodinamika – issiqlik energiyasi bilan boshqa tur energiyalar orasidagi munosabatlarni о‘rganadi.
  • Termodinamikaning muhim vazifasi – tartibsiz harakatni iloji boricha tartibli harakatga aylantirish, issiqlik yordamida qanday qilib kо‘p ish bajarish mumkin – shuni hal qilish.
  • Test: Kimyoviy termodinamikani kamchiligi – moddaning ichki tuzilishi va borayotgan jarayon mexanizmi haqida hech qanday xulosa qilinmaydi.
  • Termodinamika uch bо‘limdan, aniqrog‘i uch qonun va ularning tadbiqidan iborat. Bu qonunlar postulat xarakteriga ega.
  • Termodinamikada о‘rganiladigan obyekt sistema deyiladi.
  • Sistemaning termodinamik parametrlari intensiv va ekstensiv parametrlarga bо‘linadi.
  • Jarayon sistemaning bir holatdan boshqa holatga о‘tishidir.
  • T = const – izotermik jarayon
  • P = const – izobarik jarayon
  • V = const – izoxorik jarayon
  • Q = const – adiabatik jarayon
  • BIZ QUYIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR
  • BILAN TANISHDIK

Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling