Elektr dvigatellarning himoyasi


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan generatorlarning rele himoyasi


Download 64.06 Kb.
bet6/9
Sana02.06.2024
Hajmi64.06 Kb.
#1837177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ELEKTR DVIGATELLARNING HIMOYASI

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan generatorlarning rele himoyasi 
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan generatorlarning neytrali yerga ulanadi. Bir fazali yerga
qisqa tutashuvdan himoya generatorlarni uzishga ishlaydi. Quvvati 150 kVt va undan kichik
generatorlarning qisqa tutashuvlardan himoyasini eruvchan saqlagichlar yordamida bajarish
mumkin.
Quvvati 1 mVt gacha bo‘lgan generatorlarni hamma turdagi shikastlanishlar va normal
bo‘lmagan rejimlardan avtomatik viklyuchatellar yoki kommutatsiya apparatlari, masalan
kontaktorlar mavjud bo‘lsa, MTH yordamida himoya qilishga ruxsat beriladi.
Boshqa generatorlar bilan yoki energosistema bilan parallel ishlaydigan
generatorlarning yig’ma shinalarga chiqish tomoniga hayallash vaqtiga ega bo‘lmagan tok
otsechkasini o‘rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori generatorlarning stator chulg’amida yerga 
tutashuvdan himoya 
Kuchlanish 1000 v dan yuqori, quvvati 1 mVt gacha bo‘lgan generatorlar uchun ko‘p fazali
qisqa tutashuvlardan, generatorning yig’ma shinalar tomonga chiqishlariga tok otsechkasi
o‘rnatiladi. Tok otsechkasining sezgirligi 2 dan kichik bo‘lsa bo‘ylama differensial himoya
qo‘llaniladi. Quvvati kichik yakka ishlaydigan generatorlar uchun neytral tomonga
o‘rnatiladigan MTH dan foydalanishga ruhsat beriladi. Agar generator fazalarining neytral
tomonda chiqishlari bo‘lmasa, ko‘p fazali qisqa tutashuvlarda minimal kuchlanish himoyasidan
foydalanish mumkin.
Quvvati 1 mVt dan katta generatorlar uchun ko‘p fazali qisqa tutashuvlardan asosiy
himoya bo‘lib bo‘ylama differensial himoya hisoblanadi, uning sxemasi 28 - rasmda keltirilgan.
Himoya RT- 40 turdagi relelar (KA1 va KA2) yordamida bajarilgan. Hobalans toklarini
kamaytirish uchun ular 5...10 Om ga teng bo‘lgan K
R1
va K
R2
qarshiliklar orqali ulanadi.

28-rasm. Generator bo‘ylama differensial himoyasining sxemasi
 
Bevosita shinalarga ishlaydigan generatorlarda yerga tutashuvdan himoya sifatida nol
ketma - ketlik tok himoyasi qo‘llaniladi. Himoya generatorning shinalar tomonga chiqishlariga
o‘rnatilgan nol ketma - ketlik tok transformatoriga ulanadi. Statorda yerga tutashuv hosil
bo‘lganda tarmoqdan yerga tutashuv nuqtasi tomonga yo‘nalgan nol ketma - ketlik toklari 3Ioek
hosil bo‘ladi. U tok generator kuchlanishi zanjirdagi hamma shikastlanmagan elementlarning
umumiy sig’imi bilan belgilanadi. Tashqi yerga tutashuvlarda generatordan tarmoq yo‘nalishda
generatorning sig’imi bilan belgilanuvchi 3Iog nol ketma - ketlik toki hosil bo‘ladi. Ushbu tok
odatda umumiy nol ketma-ketlik tokidan kichik bo‘ladi
3I
oek
> 3I
og
.
Demak himoyani generatorning xususiy sig’im tokidan chetlashtirib, tanlash xususiyatiga
va etarli sezgirlikka ega bo‘lgan yerga tutashuvdan himoyani bajarish mumkin.
Generator stator cho‘lg’amiga o‘rnatiladigan yerga tutashuvdan himoyaning sxemasi 29-
rasmda ko‘rsatilgan. Himoya qo‘shimcha magnitlashga ega bo‘lgan TAZT nol ketma- ketlik
tok transformatoriga ulangan. Qo‘shimcha magnitlash ishchi zonani magnit o‘zak magnitlanish
xarakteristikasining boshlang’ich chiziqli bo‘lmagan qismidan chiziqli qismiga ko‘tarish uchun
xizmat qiladi.
29-rasm. Generatorning yerga tutashuvdan himoyasi 
Tashqi ko‘p fazali qisqa tutashuv vaqtida himoyada katta nobalans toklari hosil bo‘ladi. Bu
toklardan chetlashtirish himoyaning sezgirligini yo‘l qo‘yib bo‘lmas darajada kamaytirmasligi
uchun KL1 rele yordamida blakirovka qilinadi. Lekin bu holda himoya ikki nuqtada yerga
tutashuv bo‘lganda ishlamasligi mumkin. SHuning uchun qo‘shimcha biri generatordan
tashqarida bo‘lgan ikki nuqtada yerga tutashuvda ham ishlaydigan himoya ishlatiladi. Odatda
bunday himoya generatorning yerga tutashuvdan himoyasi bilan birlashtiriladi. Natijada har xil
sezgirlikka ega bo‘lgan ikkita tok relesi (KA1 va KA2) bitta nol ketma-ketlik tok
transformatoriga ulangan himoya hosil bo‘ladi, yaoni himoya sezgir va sezgir bo‘lmagan
komplektlardan iborat bo‘ladi.
Yerga tutashuvdan himoya sezgir komplektining (KA1, KT va KN2 relelar) ishga tushish
toki quyidagicha aniqlanadi

I
hi1


=(k
1
I
h,s
+k
2
I
nb
)/k
q
,
bu erda k1=2…3 va k2=1,3…1,5 – sig’im tokining sakrashini va nobalans toklarini hisoblash
xatoliklarini hisobga oluvchi koeffitsientlar, I
h,s
-generatorning xususiy sig’im toki
(generatorlarning pasport maolumotlarida beriladi, masalan TGV-300 turdagi generator uchun
I
h,s
=4,56A), I
nb
- TNP turdagi nol ketma-ketlik tok transformatorining birlamchi tamoniga
keltirilgan nobalans toki (kabel turdagi TNPdan foydalanilganda Inb≈1A olinadi), k
q
=0,8-tok
relesining qaytish koeffitsienti.
Himoyaning sezgir bo‘lmagan komplekti (KA2 rele) biri generatorda ikkinchisi esa
generatordan tashqarida bo‘lgan ikki nuqtada yerga tutashuv sodir bo‘lganda tezlik bilan
(hayallash vaqtisiz) generatorni uzishga ishlaydi. Uning ishga tushish toki odatda I
hi2
=
100

200A olinadi.
Nazorat savollari
1. Stator cho‘lg’amining shikastlanish turlari.
2. Rotor cho‘lg’amining shikastlanish turlari.
3. Sinxron generatorlarning normal bo‘lmagan rejimlari.
4. Kuchlanishi 1000 Vgacha va 1000 V dan yuqori generatorlarda qanday himoyalar qo‘llaniladi?
5. Stator cho‘lg’amini yerga tutashuvdan himoya qanday bajariladi?
6. Quvvatli 150 kVt undan kichik generatorlarning qisqa tutashuvlardan himoyasi qanday
bajariladi?
7. Quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan generatorlarning himoyasi.
8. Quvvati 1 MVt dan katta generatorlarning himoyasi.
9. Generatorning yerga tutashuvda himoyasi nima uchun uning xususiy yerga tutashuv tokidan
chetlashtiriladi?
10. Stator cho‘lg’amining yerga tutashuvdan himoyasi tashqi ko‘p fazali qisqa tutashuvlar vaqtida
qanday ishlaydi?
1. Elektr dvigatellarning rele himoyasiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi?
2. Elektr dvigatellarning qanday shikastlanish turlari va normal bo‘lmagan rejimlarini bilasiz?
3. Elektr dvigatellarda qanday himoyalar qo‘llaniladi?
4. Elektr dvigatellarning qisqa tutashuvdan himoyasi qanday bajariladi?
5. O‘ta yuklanishdan himoya nima uchun xizmat qiladi?
6. Elektr dvigatelarning qisqa tutashuvdan himoyasi maksimal tok relesi yordamida qanday
ko‘rinishda bajariladi?
7. Tok otsechkasining ishlash toki qanday hisoblanadi?
8. Tok otsechkasining sezgirligi qanday hisoblanadi?
9. O‘ta yuklanishdan himoya qanday relelar yordamida bajarilishi mumkin?
10. Nima uchun elektr dvigatellarning o‘ta yuklanishdan himoyasi hayallash vaqtiga ega?

Download 64.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling