Elektr dvigatellarning himoyasi
Download 64.06 Kb.
|
ELEKTR DVIGATELLARNING HIMOYASI
O‘ta yuklanish himoyasi
O‘ta yuklanish himoya faqat texnologik jarayonda o‘ta yuklanish ehtimoli bo‘lgan elektr dvigatellarga o‘rnatiladi va u asosan signalga ishlaydi. Agar o‘ta yuklanishni boshqa yo‘llar bilan bartaraf qilishning imkoniyati bo‘lmasa o‘ta yuklanish himoya elektr dvigatelni tarmoqdan uzishga ishlaydigan qilib bajarilishi ham mumkin. O‘ta yuklanish himoya tok relesining ishga tushish toki quyidagicha aniqlanadi: I r.i K 3 I dv.nom /(K q K I ), bu erda K 3 =(1,1 1,2) – zahira koeffitsienti, K q =0,8 – tok relesining qaytish koeffitsienti, K I – tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti. Agar tok transformatori ishlatilmagan bo‘lsa K I =1 deb olinadi. O‘ta yuklanish himoya elektr dvigatel ishga tushayotgan vaqtda ishlamasligi kerak. SHuning uchun uning hayallash vaqti 10 20 sekund olinadi, yaoni himoyaning hayallash vaqti dvigatelning ishga tushish vaqtidan katta bo‘lishi kerak. RT-80 induksion tok relesi yordamida dvigatelning rele himoyasini bajarilsa, yuqoridagi ikkala himoya uchun faqatgina bitta RT-80 relesidan foydalanish mumkin. RT-80 rele induksion elementi qisqa tutashuvlvrdan himoya uchun xizmat qiladi va uning ishga tushish toki ishga tushish toki quyidagiqa hisoblanadi: I r.in = K s.x K 3 I dv.nom /(K q K I ) bu erda K 3 =1,2 – zahira koeffitsienti, K q =0,8 – tok relesining qaytish koeffitsienti, K I – tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti. RT-80 rele elektromagnit elementidan o‘ta yuklanishlardan himoyani bajarish uchun foyaaniladi va uning ishga tushish toki: I r.el = K sx K 3 I iyu / K I ) bu erda K s.x - sxema koeffitsenti; K 3 =1,4-zahira koeffitsienti; I yu - dvigatelning yurgizish toki. I
va I r.in toklarning nisbati n nis = I r.el / I r.in hisoblanadi. Hayalash vaqti ham RT-80 rele yordamida qo‘yiladi. Agar o‘ta yuklanish vaqtida dvigatelni uzish kerak bo‘lsa RT-82 yoki uzish kerak bo‘lmasa RT-84 reledan foydalaniladi. RT-84 releda ikki juft kotakt bo‘lib, ularning biri qisqa tutashuv vaqtida elektr dvigatelni manbadan uzish uchun (relening elektromagnit elementiishlaganda ulanadi), ikinchisi esa o‘ta yuklanish to‘g’risida signal berish uchun (relening induksion elementi ishlaganda ulanadi) ishlatiladi. Download 64.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling