Elektr dvigatellarning himoyasi


Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari


Download 64.06 Kb.
bet8/9
Sana02.06.2024
Hajmi64.06 Kb.
#1837177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ELEKTR DVIGATELLARNING HIMOYASI

 
Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari 
Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari bir pog‘onali yoki ko‘p pog‘onali bo‘lishi
mumkin. Kondensator qurilmasi to‘lig’icha ulanadigan (uziladigan) bo‘lsa kuchlanishni
avtomatik rostlash qurilmasi bir pog‘onali qilib bajariladi. Kondensator qurilmasining ayrim
batareyalari yoki yakka kondensatorlar ulab uziladigan bo‘lsa kuchlanishni avtomatik rostlash
qurilmalari ko‘p pog‘onali qilib bajariladi.
Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari kuchlanish bo‘yicha, yuklama toki bo‘yicha, reaktiv
quvvatning qiymati yoki ishorasi bo‘yicha yoki vaqt bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Kuchlanishi 0,38kVli shinalarda kuchlanishni avtomatik rostlash uchun 35–rasmda ko‘rsatilgan
bir pog‘onali sxema qo‘llanilishi mumkin. Sxemada kondensator qurilmasini himoya qilish
elementlari (F1 va F2 saqlagichlar va SF avtomatik viklyuchatel) ko‘rsatilgan.
35-rasm. Kondensator qurilmasi yordamida kuchlanishni bir pog‘onali rostlash sxemasi. 
Rostlash kuchlanish bo‘yicha amalga oshiriladi, shuning uchun sxemada KV1 maksimal
kuchlanish relesi va KV2 minimal kuchlanish relesi mavjud. Kuchlanish ortib ketganda KV1 rele
ishlaydi va KT1 vaqt relesining cho‘lg’amidan tok o‘ta boshlaydi. Maolum vaqtdan keyin KT1
vaqt relesining kontaktlari uzilib KM kontaktor cho‘lg’amining zanjirini uzadi. Kontaktorning
asosiy kontaktlari KM.1 ham uzilib kondensator qurilmasini tarmoqdan ajratadi. Tarmoqdagi
kuchlanish pasayganda KV2 minimal kuchlanish relesi ishlab KT2 vaqt relesini ishga tushiradi.
Maolum vaqtdan keyin KT2 vaqt relesining kontaktlari ulanib KM kontaktor cho‘lg’amining
zanjirini ulaydi. Kondensator qurilmasi tarmoqqa ulanadi. Kuchlanishning qisqa vaqtli
tebranishlarida avtomatikaning ishlashining oldini olish uchun sxemaga hayallash vaqtlari t=15
sekund bo‘lgan KT1 va KT2 vaqt relelari kiritilgan.
YUqori kuchlanishli kondensator qurilmasini vaqt bo‘yicha bir pog‘onali boshqarish
sxemasi 36-rasmda keltirilgan. Elektr soatning RT kontaktlari

t=15 sekund davomida ulanib Q
viklyuchatelning holatiga mos ravishda KT1 yoki KT2 vaqt relelaridan birini ulaydi. Agar Q
viklyuchatel uzilgan bo‘lsa KT1 vaqt relesi ishlab t
1
=9…10 sekunddan keyin viklyuchatelning
YAC ulash elektromagnitiga taosir qilib uni ulaydi.

36-rasm. Kondensator qurilmasini vaqt bo‘yicha bir pog‘onali boshqarish sxemasi 
Viklyuchatel ulangandan keyin t
2
=t
1
hayallash vaqtiga ega bo‘lgan KT2 vaqt relesi ishga tushadi.
Ikkala vaqt relelarining umumiy hayallash vaqti elektr soat kontakti RT ning ulangan holatda
bo‘lish vaqtidan katta bo‘lganligi sababli KT2 vaqt relesi o‘zining kontaktlarini ulab ulgurmaydi.
Natijada kondensator qurilmasi elektr soat kontaktlarining keyingi marta ulanishigacha
shinalarga ulangan holatda qoladi. Kondensator
qurilmasi
qisqa
tutashuvlar
va
o‘tayuklanishlardan umumiy himoyaga ega. Himoya RT-80 turdagi KAT1 i KAT2 induksion
relelar yordamida bajarilgan. Kuchlanish ortib ketishidan himoya uchun KV maksimal
kuchlanish relesi va KT3 vaqt relesi xizmat qiladi.
 
Elektr tizimilarida va qurilmalarida har xil sabablarga ko‘ra ishdan chiqish (shikastlanish)
va narmal bo‘lmagan rejimlar sodir bo‘lishi mumkin. SHikastlanish ko‘pchilik hollarda elektr
tizimlarida tokning ortib ketishi va kuchlanishning pasayishi bilan kuzatiladi. Tokning ortib
ketishi elektr qurilmalarida o‘tkazgichlarda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Kuchlanish pasayishi elektr isteomolchilarni normal ish rejimiga taosir qiladi, parallel
ishlaydigan generatorlarning turg’unligi buziladi. Normal bo‘lmagan ish holatlari esa tokning,
kuchlanishning yoki chastotaning ruxsat etilgan qiymatlardan og’ishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Kuchlanish yoki chastotani pasayishi isteomolchilarni normal ish rejimini buzadigan energetik
tizimlarning turgunligiga taosir qiladi. Kuchlanish yoki tokni ortib ketishi qurilma va elektr
uzatish liniyalarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun elektr tizimlarida
normal ish rejimini taominlash uchun tarmoqning ishdan chiqqan joyini tez aniqlash va uni
boshqa qismlardan ajratish kerak.

Rele himoyasi elektr tizimlarda asosiy avtomatika hisoblanadi. Rele himoyasi qurilmalari


elektr tizimining shikastlangan qismini yoki elementini aniqlaydi va uni boshqa ishdan
chiqmagan qismlaridan ajratadi, shuningdek agar elektr tizimlarida normal rejimdan og’ish
bo‘lsa uni bartaraf qilish choralarini ko‘radi yoki signal beradi.
Elektr tizimlarida shikastlanishlar ko‘pchilik hollarda qisqa tutashuv natijasida yuzaga
keladi. Qisqa tutashuvdan himoyalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
a) tanlash. Tanlash deb rele himoyasining shikastlangan elementini to‘g’ri aniqlash va
faqat uni elektr tarmog’ining shikastlanmagan qismidan ajratish (uzish) xususiyatiga aytiladi.
SHikastlangan elementni tanlab uzishga misol K.2-rasmda keltirilgan. Qisqa tutashuv K1
nuqtada bo‘lganda shikastlangan W3 liniya K1 nuqtaga eng yaqin bo‘lgan Q6 viklyuchatel
yordamidida uziladi. Elektr tarmog’ining shikastlanmagan qismi normal ishlashda davom etadi.
Agar rele himoyalari tanlash xususiyatiga ega bo‘lmasa Q
1
viklyuchatelning uzilish extimoli
ham bo‘lar edi. Bunda I
1
va I
2
isteomolchilarning ham elektr ta’minotida uzilish yuzaga
keladi. Agar qisqa tutashuv K
2
nuqtada sodir bo‘lsa rele himoyasi unga eng yaqin bo‘lgan Q
2
va
Q
3
viklyuchatellarni uzish uchun signal berishi kerak. Hatijada elektr ta’minotida uzilish
bo‘lmaydi va hamma isteomolchilar normal ishlaydi. Qisqa tutashuv K3 yoki K4 nuqtada
bo‘lganda faqat Q7 viklyuchatel uzilishi kerak. Agar rele himoyasi o‘zining ishlash prinsipiga
asosan himoyalanayotgan elementda shikastlanish bo‘lgandagina ishlaydigan bo‘lsa bunday
himoya absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. O‘zidan keyingi elementda
shikastlanish bo‘lib uning himoyasi yoki viklyuchateli ishlamay qolganda rezerv himoya
sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan himoyaga nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi.
Masalan K3 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lib Q
7
viklyuchatel ishlamay qolsa Q
1
viklyuchatel
uzilishi kerak, yaoni Q
1
viklyuchatelga ta’sir qiluvchi himoya nisbiy tanlashga ega bo‘lgan
himoya bo‘lishi kerak;

Download 64.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling