Elektr energiyasi ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
Download 400.09 Kb. Pdf ko'rish
|
elektr-energiyasi-ishlab-chiqarish-usullari-va-ishlab-chiqarish-samaradorligini-oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turg‘unova Rayxona Shavkatjon qizi SamISI BX-421 guruh talabasi Annotatsiya
- Kalit so’zlar
- Key words
- Elektr energetikasi
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 1 (April) ISSN: 2181-3000 Page 29 ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Nurniyozov Feruz Аbdurashid oʼgʼli SamISI “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining assistenti Turg‘unova Rayxona Shavkatjon qizi SamISI BX-421 guruh talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada elektr enrgiyasi paydo bo’lishi qisqacha tarixi, O’zbekistonda energetika sohasining rivojlanishi, energiya turlari, ishlab chiqarish usullari, yillar kesimida energiya ishlab chiqarish miqdorlari va mamlakatdagi yirik elektr energiya tashkilotlar faoliyatlari haqida qisqacha yoritilib o’tilgan. Kalit so’zlar: energiya, elektr energiya,elektr stansiyasi, schyotchik, telemetrik datchik,hisob-kitob davri, AES, GES, QaES, SHES, OES, GaES, innovatsion texnalogiyalar. Abstract: In this article, a brief history of the emergence of electricity, the development of the energy sector in Uzbekistan, types of energy, production methods, the amount of energy production over the years, and the activities of large electricity organizations in the country are briefly discussed. Key words: energy, electric energy, power plant, meter, telemetric sensor, billing cycle, NPP, HPP, QaES, SHES, OES, GaES, innovative technologies. Kirish. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli XX asrning 2-yarmidan boshlab, asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda ko’payib ketdi.Ana shu omillar energitikani jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbob-uskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energitika fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Elektr energetikasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi hisoblanadi. Energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil ilmiy tadqiqot ishlariga asoslangan holda energetika taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va optimal yechimlari oʻrganiladi, energetikani optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi, energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, energetikaga doir fan va texnika taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. Oʻzbekistonda Energetikafanlarining JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 1 (April) ISSN: 2181-3000 Page 30 rivojlanishi XX asr 30- yillari oxiri va 40- yillariga toʻgʻri keladi. Energetikaga doir ilmiy tadqiqot ishlari energetikaning ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi. 1 Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning magnit oqimlari oʻz-oʻzidan uygʻonishini taʼminlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan shugʻullanildi, gidroelektr stansiyalari quvvatini samarali taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda ilmiy tadqiqot ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga qaratildi, elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi. Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta oʻlchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish masalalari tadqiq qilindi. Download 400.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling