Elektr energiyasi ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish


Mamlakatda 2021-yilda elektr energiya ishlab chiqarish


Download 400.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.11.2023
Hajmi400.09 Kb.
#1786687
1   2   3   4
Bog'liq
elektr-energiyasi-ishlab-chiqarish-usullari-va-ishlab-chiqarish-samaradorligini-oshirish

Mamlakatda 2021-yilda elektr energiya ishlab chiqarish
Oraliq muddat 
Energiya miqdori 
(kwt/soat) 
O‘sish sur'ati (%) 
yanvar 
6 427,7 
106,0 
yanvar-fevral 
11 951,4 
104,3 
yanvar-mart 
17 987,4 
106,1 
yanvar-aprel 
23 528,4 
108,5 
yanvar-may 
28 809,1 
109,0 
yanvar-iyun 
34 318,6 
109,1 
yanvar-iyul 
40 340,0 
109,2 
yanvar-avgust 
46 030,9 
109,0 
yanvar-sentabr 
51 558,4 
110,1 
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika 
miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Toshkent viloyati 
23,1 %, Sirdaryo viloyati 22,2 %, Qashqadaryo viloyati 19,0 % hamda Navoiy 
viloyati 16,1 % ulushga ega.
2
2
https://yuz.uz/uz/news/har-yili-21-milliard-kvtsoatga-kop-elektr-energiyasi-ishlab-chiqariladi 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 1 (April) ISSN: 2181-3000 
Page 32 
Vazirlikning ma’lum qilishicha, joriy yil yanvar-iyul oylarida respublika 
bo‘yicha 43 mlrd 250 mln kVt/soat yoki o‘tgan yil mos davriga nisbatan 2 mlrd 177 
mln kwt/soat ko‘p (o‘sish sur’ati 5,3 foiz) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.Issiqlik 
elektr stansiyalari va markazlarida 38 mlrd 551 mln kwt/soat (o‘tgan yilga nisbatan 1 
mlrd 18 mln kVt/soat ko‘p, o‘sish sur’ati 2,7 foiz) elektr energiyasi ishlab 
chiqarilgan. Jumladan, «Issiqlik elektr stansiyalari»da - 33 mlrd 77 mln kwt/soat, 
Angren IES va Yangi Angren IES tomonidan - 3 mlrd 345 mln kwt/soat. 
Bundan tashqari, DXSh asosidagi yangi IESlarda - 2 mlrd 128 mln kwt/soat, 
DXSh asosidagi quyosh fotoelekr stansiyalar tomonidan - 219 mln kwt/soat, 
gidroelektr stansiyalarda esa - 4 mlrd 84 mln kwt/soat (898 mln kwt/soat 
ko‘p).Energetika vazirligi tomonidan quvvatlarni oshirish, jumladan barqaror elektr 
taʼminoti boʻyicha loyihalar amalga oshirilyapti.2020-yilning dekabr oyida 
Oʻzbekiston aholisiga 1,74 milliard kwt/soat, 2018-yil dekabr oyida esa (Energetika 
vazirligi tashkil etilishidan avval) – 1,57 milliard kwt/soat elektr energiyasi yetkazib 
berilgan. Oʻsish 11% ni tashkil etdi. 
Umuman olganda 2020-yilda mamlakatimiz boʻylab elektr energiyasi isteʼmoli 
69,1 milliard kwt/soatni tashkil qilib, bu 2019-yilga nisbatan 6,1% ga va 2016-yildagi 
koʻrsatkichga nisbatan 20,1%ga koʻpdir.2020-yilda mamlakatimiz elektr 
stansiyalarida 66,4 milliard kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, bu 
2019-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 5% ga, 2016-yilga nisbatan 12,6% ga koʻp. 
Mamlakatimizda qoʻshimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish generatsiya 
qilinadigan quvvatlarni kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish hisobiga amalga oshirilyapti.Ularning barchasi zamonaviy energiya tejovchi 
texnologiyalarga asoslangan. 
Xususan, 2016-yilda qabul qilingan Investitsiya dasturida koʻzda tutilgan 
loyihalarni amalga oshirish hisobiga davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 
Gwtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.Bunga qator elektr stansiyalarini qurish va 
modernizatsiya qilish hisobiga erishildi. Shu tariqa, 900 MVt yangi quvvatlar 
Tolimarjon IES, 560 MVt – Taxiatosh IES, 450 MVt – Navoiy IES, 370 MVt - 
Toshkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi koʻmir energoblokidan olindi. Yaʼni, 1 ta 
yangi elektrostansiyasi, 4 ta yangi gidroelektrostansiyasi bunyod etilib va mavjud 
elektrostansiyalarni kengaytirish ishlari amalga oshirildi. 
Namangan viloyatida qurilgan yangi Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi 
bugungi kunda Fargʻona vodiysining uchta viloyati isteʼmol qilayotgan elektr 
energiyasi hajmining yarmini ishlab chiqaradi. Toʻraqoʻrgʻon IES ishga 
tushirilishidan avval Fargʻona vodiysining energiya taʼminoti faqatgina 
Oʻzbekistonning boshqa hududlari va Qirgʻiziston Respublikasidan import 
qilinayotgan elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilar edi. Investitsiya dasturida 
koʻzda tutilgan loyihalar toʻliq amalga oshirilsa, mamlakatimizda har yili 2016-yilga 
nisbatan 21 milliard kVt/soatga koʻp elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bundan 
tashqari, amaldagi elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurishda 
qoʻllanilayotgan energiya tejamkor texnologiyalar 1 kVt/soat uchun yoqilgʻi 
xarajatlarini 1%ga tushirish imkonini beryapti. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 1 (April) ISSN: 2181-3000 
Page 33 
Natijada elektr energiyasini ishlab chiqishda oʻrtacha 2 milliard kubometr 
tabiiy gaz tejaladi.2020-yilning oʻzida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy 
sherikligi asosida oltita yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlab yuborildi.Ularning 
umumiy qiymati 2 milliard dollar, umumiy quvvati esa 2 700 Mwtni tashkil 
etadi.2020-yilda investitsiya loyihalari bosqichlari amalga oshirilishi natijasida 2021-
yilda mamlakatimizda 1 387 Mwtlik quvvatlar boʻlgan 9 yangi elektrostansiyasi 
ishga tushiriladi. Ulardan shu yilning oktyabr va noyabr oylari oʻzida turk 
kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt boʻlgan 4 ta yangi IES quriladi. 
Shuningdek joriy yilning oktyabr oyida har birining quvvati 100 Mwt boʻlgan 
ikkita quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan (Samarqand 
viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) oʻz loyihalarini 
amalga oshiryapti).
3
Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirilyapti.2021-yil iyun 
oyida 
GESning 
Chirchiq 

Boʻzsuv 
kaskadiga 
kiruvchi 
“Kamolot” 
gidroelektrstansiyasi qurilishi yakunlanadi.Shuningdek iyun oyida Surxondaryo 
viloyatidagi Toʻpolong daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish 
ham rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati. 
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan oxirgi olti yil 
mobaynida ishlab chiqarilgan eletkr energiyasi infografikasi eʼlon qilindi. Unga 
koʻra, mamlakatimizda: 
➖2016-yil - 59,0 mlrd. kVt⋅soat; 
➖2017-yil - 60,7 mlrd. kVt⋅soat; 
➖2018-yil - 62,8 mlrd. kVt⋅soat; 
➖2019-yil - 63,6 mlrd. kVt⋅soat; 
➖2020-yil - 66,4 mlrd. kVt⋅soat; 
➖2021-yil - 71,3 mlrd. kVt⋅soat; 
➖2022-yil - 74,3 mlrd. kVt⋅soatelektr energiyasi ishlab chiqarilgan. 
Mamlakatimizda energetika tizimini rivojlantirishda barcha manbalardan 
foydalanilmoqda. Mavjud quvvatlarni mustahkamlash bilan birga quyosh, shamol va 
gidro elektr inshootlari barpo etilmoqda.Xususan, so‘nggi yillarda gidroenergetika 
yo‘nalishida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 260 
mwtli quvvatlar yaratildi.“O‘zbekgidroenergo” tizimidagi stansiyalarning umumiy 
quvvati 2 ming megavattdan oshdi. Bu – yiliga 2 milrd kub metr tabiiy gaz 
tejalmoqda, degani. Joriy yilda 197 mwtli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr 
stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Yana 438 mwtli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 
ta mikro GES qurish bo‘yicha ishlar boshlanadi.Sirdaryo va Jizzax viloyatlari 
isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli 
birinchi raqamli podstansiya va elektr uzatish tarmogʻi qurilyapti. “Oʻzbekiston 
milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin, Yangiyer, 
Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari 
isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli 
3
https://www.gazeta.uz/oz/2022/05/31/energy/ 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 1 (April) ISSN: 2181-3000 
Page 34 
birinchi raqamli yangi “Zafarobod” podstansiyasi qurilyapti. Shuningdek, mazkur 
podstansiya uchun uzunligi 144 kilometr boʻlgan 220 k/Vatli elektr uzatish tarmogʻi 
ham qurilyapti. Bugungi kunda qurilish ishlari 42 foizga bajarildi.Mazkur yirik loyiha 
Prezidentimizning 2022-yil 28-dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshirilyapti, deb 
xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.Elektr energiyasini hisoblash 
uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatish natijasida tizimga 356 mln soʻm zarar yetkazildi. 

Download 400.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling