3.2. BITIRUV OLDI AMALIYOTIDA TAYYORLANADIGAN HISOBOT QUYIDAGI TARKIBIY QISMLARIDA BO”LISHI TAVSIY QILINADI:
titul varaq;
amaliyot o‘tkazish uchun belgilangan ishlar rejasi va mas’ullar haqida ma’lumot;
xisobotning qisqacha annotatsiyasi;
mundarija;
kirish;
asosiy qism:
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilovalar (agar mavjud bo‘lsa).
Xisobotni titul varag‘i, qisqacha annotatsiyasining namunaviy shakli mazkur yo‘riqnomaning ilovalarida keltirilgan.
Ilmiy xisobotning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Amaliyot maqsadi, vazifalari va amaliyot ob’ekti haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Asosiy qismda bajariladigan ishlar bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
amaliyot ob’ekti bo‘yicha alohida ma’lumotlar va o‘ziga xos xususiyatlari;
amaliyot ob’ektida amaliyot davomida olib borilgan ishlar bayoni;
rahbar o‘qituvchi bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonasiga bog‘liq bo‘lgan muammolarni o‘rganib, ularni ilmiy hal qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar;
olingan natijalarni tahlili va tegishli xulosalar.
Xisobotning xulosa qismi:
Ushbu bo‘limda bayon etilgan natijalarning ahamiyati va muammolarning yechimi ko‘rsatilishi lozim. Olingan natijalar bo‘yicha tegishli xulosalar ishlab chiqiladi.
Xisobotning ilova qismi:
Ushbu qismda bajarilgan ishlar xisobotini mazmun mohiyatini tushuntirish uchun ma’lumotlar kiritiladi.
3.3 XISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI:
hisobot belgilangan qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim, har bir bet xoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi bo‘lishi lozim;
xisobot matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o‘lchamli shriftda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi;
xisobotning xajmi titul varaq, mundarija, foydalanilgan adbiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 25-30 varaqdan oshmasligi lozim;
xisobot talaba o‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilida ham) yozilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |