Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi bitiruvchi bosqich talabalarining bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish
Download 141.5 Kb.
|
Битрув олди амалиёти учун кулланмаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- VA O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY QO‘LLANMA ANDIJON-2022 y.
- Mualliflar: J.O‘.Komiljonov - “Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi Taqrizchilar: B.Mamajanov
- KELISHILDI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI ELEKTR ENERGIYASI VA NASOS STANSIYALARIDAN FOYDALANISH KAFEDRASI BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARINING BITIRUV OLDI AMALIYOTLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY QO‘LLANMA ANDIJON-2022 y. Mazkur uslubiy qo‘llanma 5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur qo‘llanma talabalarni amaliyot davomida bajariladigan ishlarini aniq maqsad sari yo‘naltiradi. Bu esa talabalarning bitiruv oldi amaliyotiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi degan umiddamiz. Mualliflar: J.O‘.Komiljonov - “Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi Taqrizchilar: B.Mamajanov - Andijon mashinasozlik instituti “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi dotsenti. Fakultet dekani: 2022 yil “______” ____________ ________ X.O.Tursunov Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi mudiri: 2022 yil “______” ________________ _______ B.Shakirov KELISHILDI: O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: 2022 yil “______” ________________ ________ I.Mamajonov KIRISH Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofik, kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan kayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maksadida O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 alreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori kabul qilindi. Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya kilish, zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Shu bilan birga, respublikamiz xududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar keng ko‘lamda yoritilgan. “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risda” gi 2017 yil 27 iyul № PQ-3151 sonli qarorda quyidagilarga alohida e’tibor berilgan : Joriy yilning 1 sentyabrigacha rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg‘or tajribasini chuqur o‘rgangan holda o‘quv rejalari va fan dasturlari, o‘quv adabiyotlari, shu jumladan o‘quv-metodik komplekslarning xalqaro standartlar asosida zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-boqich joriy etilishini tashkil kilish; amaliyot o‘tash joyida talabaga masul xodimni biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishini ta’minlash, tashkilotlarda amaliyotchidan unumli foydalanishni yulga ko‘yish; amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish; korxona va tashkilotlarda amaliyotchiga biriktirilgan mas’ul xodimlarni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish; o‘quv rejada belgilangan ishlab chikarish va malaka amaliyotlarini o‘tash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish; oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yunalishlari bo‘yicha har bir talabasining 2-kursdan boshlab tegishli tarmoq (soha) ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Qo‘llanmani yaratish jarayonida yoshlar ta’lim-tarbiyasining shakllantirilishida mavzularning mantiqiy ketma-ketligiga, milliy g‘oya, fan, texnika, texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlariga, oliy ta’lim muassasasida tayyorlanadigan mutaxasislarning o‘ziga xos xususiyatlariga hamda ish beruvchi korxonalarning taklif va tavsiyalariga, shuningdek Respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviyligi va uzluksizlikni ta’minlanishiga, Respublika iqtisodiyotining infratuzilmasi va uning istiqboldagi rivojlanish tendentsiyalari, tarixiy qadriyatlar, oddiydan murakkablikka, xususiydan umumiylikka o‘tib borish tamoyillariga alohida ahamiyat berildi. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling