Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish qоnuniyatlаri. Reja Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish jarayoni
Download 45.02 Kb. Pdf ko'rish
|
ELЕKTR ENЕRGIYASINI ISSIQLIK ENЕRGIYASIGА АYLАNTАRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish qоnuniyatlаri.
ELЕKTR ENЕRGIYASINI ISSIQLIK ENЕRGIYASIGА АYLАNTАRISH QОNUNIYATLАRI. Reja 1. Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish jarayoni. 2. Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish qоnuniyatlаri. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga qizdiriladigan pechlar elektropechlar deyiladi. Pechlarni qizdirish uchun elektr energiyasidan foydalanish XX asrga, ya’ni elektr energiyasini ulkan miqiyosda ishlab chiqarishga erishilgandan so’ng qo’llanila boshlandi. Elektr qizdirishda elektr energiyasi juda ko’p miqdorda sarf bo’lishiga qaramasdan elektropechlar texnikaning turli sohalarida tez va ko’plab qo’llanila boshladi. Metallurgiyada elektropechlar katta ahamiyatga ega bo’lib, ba’zi metallurgik korxonalarda asosiy turdagi pechlar bo’lib hisoblanadi. Jumladan qora metallurgiyada elektr qizdirish po’lat, ferra qotishma ishlab chiqarishda va cho’yan eritishda keng qo’llaniladi. Rangli metallurgiyada elektr qizdirish dastavval qotishmalar ishlab chiqarishda va metallarni turli xil aralashmalardan tozalashda qo’llanilar edi. Keyinchalik esa rangli metallarni ishlab chiqarishda ruda xom - ashyosini va shlakni qayta ishlashda qo’llanila boshlandi. Elektr qizdirish metall quyishda va ularga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Elektropechlarni bu qadar keng qo’llanilishning bir qancha afzalliklari mavjud bo’lib, ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: 1. Kichik hajmdagi pechlarda yuqori quvvatda ishlash va juda yuqori haroratga (3000 ° S undan ortiq) erishish mumkinligi. 2. Pechning ishchi hajmida mahsulotni erish ko’rsatgichlarini va haroratni taqsimlanishni boshqarish mumkinligi; 3. Ish joyini tozaligi, yoqilg’i chiqindilari, gazlar va turli xil aralashmalardan xoliligi; 4. Ishchi agregatni zich berkitish va unda vakuum yoki himoya qatlamini hosil qilish mumkinligi; 5. Metallni shlak, chang, gazlar va quyindilar bilan isrof bo’lishini kamligi; 6. Issiqlikni foydali ish koeffistienti yuqoriligi (70- 85 % ga etadi). 7. Gazlarni va changlarni kam miqdorda hosil bo’lishi; 8. Jarayonni kompleks mexanizastiyalanishni va avtomatlashtirishni katta imkoniyatlarini kattaligi; 9. Ish joyida yuqori tozalik vaestetik madaniyat mavjudligi; Elektropechlar bundan tashqari bir qancha kamchiliklarga ham ega, ularga; 1. Boshqa halq xo’jaligi tarmoqlariga qaraganda elektr energiyani juda ko’p talab qilinishi; 2. Bir qancha turdagi elektropechlar uchun ishlab chiqarishni unumdorligi va quvvatni konstrukstion cheklanganligi. Elektrostanstiyalarni quvvatini va sonini o’sishi, elektr energiya narxini ortib borishi va x.z. Metallurgik pechlarda elektr qizdirishni qo’llash quyidagi sharoitlarda qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi: 1. Zavod joylashgan rayonlarda yuqori sifatli uglerodli yoqilg’ilarni, ayniqsa neft yoki gazni yo’qligi; 2.Ushbu rayonda arzon narxli elektr energiyasini mavjudligi; 3. Elektropechlarni talabini qondirish oqibati qo’shni korxonalarni elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko’rsatmaslik. Metallurgik pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga turli xil usularda o’tadi. Hozirgi vaqtda qo’lanilayotgan elektropechlarni energiyani bir turdan ikkinchisiga o’tkazishiga asosan oltita guruhga ajratish mumkin (17-rasm). I. Qarshilikni elektropechlar – bunda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga elektrzanjirga ulangan qattiq yoki suyuqqarshilik hisobiga amalga oshadi. 1. Bilvosita ishlaydigan pechlar – bunda elektrozanjirga alohida ulangan maxsus qarshilik ishchi hajmidagi materialni qizdiradi. 2. Bevosita – bunda elektr energiya qayta ishlanayotgan materialdan o’tadi va uning qarshiligi hisobiga issiqlik ajraladi. II. Elektro yoyli pechlar – bunda gazli muhitda maxsus elektrodlarda elektr yoylarda issiqlik energiyasiga aylanadi. 1. elektro yoy elektrodlar orasida yonadigan va issiqlik qizdiriladigan materialga asosan nurlanish orqali beriladi; 2. Elektro yoy elektrodlar bilan qizdiriralayotgan material o’rtasida amalga oshib qizdiradi. III. Aralash qizdiriladigan pechlar (elektro yoydan qarishilik) – ya’ni rudno termik pechlar; IV. Indukstion pechlar – bunda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga, tez o’zgaruvchan magnit maydonida joylashgan qattiq, yoki suyuq jismda o’tish natijasida amalga oshadi. V. yangi elektr qizdirish bilan ishlaydigan pechlar; 1. Elektron - nur qizdirishli pechlar; 2.Plazmali gorelka bilan ishlaydigan pechlar. 1- rasm. Sanoat pechlarini elektrqizdirish sxemalari. Download 45.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling