Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish qоnuniyatlаri. Reja Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish jarayoni


ELЕKTR QUVVАTINI ISSIQLIKKА АYLАNTIRUVCHI USKUNАLАR


Download 45.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi45.02 Kb.
#1840371
1   2   3   4
Bog'liq
ELЕKTR ENЕRGIYASINI ISSIQLIK ENЕRGIYASIGА АYLАNTАRISH

ELЕKTR QUVVАTINI ISSIQLIKKА АYLАNTIRUVCHI USKUNАLАR. 
Elektroqarshilik hisobiga qizdirish. 
Qarshilik hisobiga qizdirishning bir nechta turi mavjud. Metallurgik issiqlik 
texnikasida katta ahamiyatga ega bo’lgan va keng tarqalganlardan bilvosita qizdirish 
hisoblanadi. Pechlarning ishchi yuzasidagi haroratga qarab ular, past haroratli 100-
700
°
S, o’rta haroratli - 1200°S va yuqori haroratli 1200-2000
°
S bo’ladi.
Qarshilik hisobiga qizdirish materiallarni quritish va kuydirish, metall va 
qotishmalarga termik ishlov berishda; qo’rg’oshin, rux, qalay, alyuminiy, magniy va 
ularning qotishmalarini eritishda keng qo’laniladi.
Elektro qarshilikli pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga maxsus 
tayyorlangan qarshiliklar yordamida amalga oshirilib undan chiqarayotgan issiqlik 
miqdori Djoul-Lenst qonuniga asosan quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Q = 0,00024 JR 
bu erda: J- tok kuchi, 
R - o’tkazgichning qarshiligi, om 
τvaqt, sek. 
Formuladan ko’rinib turibdiki, ajralayotgan issiqlik miqdori asosan tok kuchi 
bilan o’tkazgichning qarshiligiga bog’liq.
Yoyli elektr qizdirgichlar 
Yoyli elektr qizdirgichlar yuqori haroratli va katta quvvatli elektropechlar 
jumlasiga kirib, turli materiallarni eritishda qo’llaniladi. Quyidagi rasmda yoyli 
elektr qizdirish usullari va ishlash sxemasi ko’rsatilgan. (18-rasm) 
 
2-rasm. Yoyli qizdirish usullari 
a - to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi ochiq yoyli;
b - to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi yopiq yoyli; 
v - bilvosita ta’sir etuvchi betaraf yoyli;
Metallurgik pechlarda issiqlikni foydali ish koeffistienti yuqori bo’lgan 
usullari to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi va asosan yopiq turdagi yoyli qizdirgichlar 
keng qo’llaniladi. Ular rudali va ferraqotishma olishda, mis va nikelni tozalashda 
hamda turli rudalarni qayta ishlashda foydalaniladi. 
Yoyli elektr qizdirish quyidagi jarayonlar yig’indisi natijasida 
amalga oshadi:


1. Alohida o’tkazgichlarga (elektrodlarga yoki elektrod hamda materialga) 
berilayotgan kuchli elektr quvvati chaqmoq sifatida yoy hosil qilib issiqlik quvvatiga 
aylanadi.
2. Eritilayotgan material, pechning devorlari va elektr yoy orasida issiqlik 
almashish amalga oshadi. 
Yopiq yoyli qizdirgichlar asosan qarshiligi ma’lum darajada cheklangan
metall bo’lmagan materiallarni qayta ishlashda qo’llaniladi. Bunda elektr energiyasi 
nafaqat yoyning o’zida balki shixta yoki erigan massaning qarshiligi hisobiga 
issiqlik energiyasiga aylanadi.
Ochiq yoyli qizdirgichlardan metallarni va metall qotishmalarni eritishda 
foydalaniladi. Bunda elektr yoy eritilayotgan materialga tegmagan xolda ishlaydi, 
aks xolda qisqaa tutashish vujudga keladi. 

Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling