Электр хавфсизлиги


Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalarning elektr


Download 89.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1584531
1   2   3   4
Bog'liq
13-MA‘RUZA. ELEKTR MOTORLAR, KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNALAR HAMDA TOK TRANSFORMATORLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI.

2. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalarning elektr
xavfsizligi
Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga
ijozat berishdan oldin:
- yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va boshqalar)
va yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog‘idan o‘chirilishi shart;
- o‘chirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi suruvchi klapan
(zadvijkalar) yopilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo
chiqaruvchi klapanlar (probkalar) ochiq holda qoldirilishi shart;
- o‘chirgichlarni elektr tarmog‘iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz
holatga keltirilishi shart;
- masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga «Yoqil-
masin! Odamlar ishlamoqda!» hamda yopilgan ochgichlarga esa, «Ochilmasin!
Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi shart;
Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida, sinab ko‘rish
uchun uzatmalarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, shuningdek
o‘chirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. 
Bunda «Yoqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar
ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yiladi.
Kommutatsion apparatlarni sinab ko‘rish uchun masofadan boshqarib yoqish
va o‘chirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash, hamda tartibga solishni
bajaruvchi ishchi amalga oshirishi mumkin. 
Doimiy yoki navbatchisiz elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab qilin-
maydi.
Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab ko‘rilgandan keyin, navbatchi
yoki ishboshi tomonidan ishni davom ettirish zarur bo‘lsa (apparatni uzoqdan
boshqarib o‘chirib yoqqan shaxslar uchun), texnika xavfsizligi qoidalaridagi talablar
bajarilishi shart.
2


Ishchi bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarga faqat sinash va sozlash ishlari
bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini olish,
o‘lchov asboblarining simlarini ulash yoki bo‘shatib ajratish, havo siljiyotgan joyni
aniqlash va shunga o‘xshash ishlar uchun) ko‘tarilishga ruxsat etiladi.
Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan to‘ldiriladigan uzgichli o‘chirilgan
havo o‘chirgichlariga ko‘tarilish man qilinadi.
Havo o‘chirgichlarini nam o‘tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish,
kam bosim ostida, zavod (korxona) yo‘riqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur.
Sinash va sozlash uchun havo o‘chirgichlariga ko‘tarilishdan oldin:
- boshqaruv zanjirlarini o‘chirish;
- mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka
qilinishi (masalan, havo o‘tkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va shunga
o‘xshash) yoki ishboshi ko‘rsatmasiga asosan o‘chirgich bilan o‘chirish-yoqishni
bajaradigan aniq bir ishchini o‘chirgichda ishlashiga ijozat beruvchi yo‘riqnoma
olgan brigada a‘zosini o‘chirgich oldiga qo‘yish zarur;
Bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarida ishchi-xodimlar bo‘lgan paytida,
boshqarish va taqsimlovchi shkaflaridagi barcha ishlar to‘xtatilishi shart.
O‘chirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash hamda o‘chirish va yoqish vaqtida
xodimlarni havo o‘chirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi. 
Sinash va sozlash ishlarini bajaruvchi ishboshi (yoki u tomonidan tayinlangan
brigada a‘zosi), havo o‘chirgichini ulash va o‘chirish uchun og‘zaki buyruqni,
brigada a‘zolari o‘chirgich oldidan xavfsiz joyga yoki masofaga chiqarilganidan
so‘ng, berishi shart.
Xodimlarni havo yig‘uvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bog‘liq ishlar-
ga ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur:
- havo yuborilishi mumkin bo‘lgan quvurlarning suruvchi ochgichlari
(zadvijkalari) yopilib, kalit bilan qulflanishi va ochgichlarga, «Ochilmasin! Odam-

Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling