Электр хавфсизлиги


Download 89.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1584531
1   2   3   4
Bog'liq
13-MA‘RUZA. ELEKTR MOTORLAR, KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNALAR HAMDA TOK TRANSFORMATORLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI.

lar ishlamoqda!» degan shior osilishi kerak;
- havo yig‘uvchi idish ichidagi bosim ostida bo‘lgan havoni tashqariga
chiqarilib, havo chiqaruvchi klapanlar (probkalar) ochiq holda qoldirilishi shart;
- havo yig‘uvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq
(zaglushka) qo‘yilishi shart.
Havo yig‘uvchi idishlar va o‘chirgich baklaridagi bosimni o‘lchovchi mano-
meterlar nol ko‘rsatishi, ulardagi havo bosim ostida emasligini bildirmaydi. 
Baklar va havo yig‘uvchi idishlarni ichiga tushish uchun mo‘ljallangan teshik
qopqog‘idagi gayka va boltlarini bo‘shatib ochishdan oldin, undagi bosim ostida
bo‘lgan havoni havo chiqaruvchi klapanlar yoki suruvchi ochgichlar (zadvijkalar)
ochiqligiga va haqiqatan ham havo yo‘q ekanligiga qarab, ishonch hosil qilish zarur.
Sig‘imga tushish uchun mo‘ljallangan qopqoqni gayka va boltlari burab
mahkamlangandan so‘ng, havo chiqarish klapanlarni yoki suruvchi ochgichlarni
berkitish mumkin.
Komplekt taqsimlovchi uskunalarning shkaflari bo‘linmasida ishlanganda,
uskunalar joylashtirilgan aravacha tashqariga tortib chiqarilib, kuchlanish ostida
qolgan tok o‘tkazuvchi qismlar bo‘linmasidagi temir to‘siq berkitilib, qulflanishi
hamda, «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur.
Ishlashga mo‘ljallangan bo‘linmada esa, «Shu yerda ishlang!» degan shior
osiladi.
3


Komplekt taqsimlovchi uskunalarni tashqarisida, ammo unga ulangan uskuna-
larda yoki undan chiqadigan havo va kabel tarmog‘ida ishlanganda o‘chirgich
joylashtirilgan aravacha shkafdan tashqariga tortib chiqarilishi, shkaf ichidagi temir
to‘siq yoki shkaf eshikchasi berkitilib, qulflanishi va unga «Ulanmasin! odamlar
ishlamoqda!» yoki «Ulanmasin! Tarmoqda ish ketmoqda!» degan shiorlar osilishi
kerak.
Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi:
- yerga ulagich pichoqlari bilan o‘chirgich joylashtirilgan aravacha orasida
blokirovka bo‘lsa, aravachani nazorat holatiga keltirish yerga ulagich pichoqlari
ulanganidan so‘ng bajariladi;
- komplekt taqsimlovchi uskuna shkaflarida bunday blokirovka yoki yerga
ulagich pichoqlari bo‘lmasa, aravachani nazorat holati bilan shkafdan chiqarilgan
holatdagi oraliqqa o‘rnatish, shkaf qulflanishi sharti bilan bajariladi.
Ushbu shkafga ulangan tarmoqda yerga ulagich bor yoki yo‘qligidan qat‘iy
nazar, aravacha va tarmoq orasida oraliq hosil qilish mumkin.
Elektr uzatish tarmog‘ida ishlash zarur bo‘lsa, komplekt taqsimlovchi uskuna-
ning shkafiga o‘rnatiladigan yerga ulagichni ulashda, texnika xavfsizligi qoidasi
talablarini hisobga olish zarur.
Komplekt taqsimlovchi uskunalarda o‘chirgichlar o‘rnatilgan aravachani
sinashga, boshqaruv va releli himoya zanjirlarida ish olib borish uchun nazorat
holatiga, komplekt taqsimlovchi uskunalardan tashqaridagi havo elektr uzatish
tarmoqlari va kabel tarmoqlarida yoki unga ulangan uskunalarda, elektr motorlar
orqali ulangan mexanizmlarda, ish bajarilmaydigan yoki komplekt taqsimlovchi
uskuna shkafi ichida yerga ulagich o‘rnatilgan taqdirda qo‘yish mumkin.

Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling