Электр хавфсизлиги


 Havo elektr uzatish tarmoqlarini yo„l bilan kesishgan va yo„lga yaqin


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

6.8. Havo elektr uzatish tarmoqlarini yo„l bilan kesishgan va yo„lga yaqin 
uchastkalaridagi ishlar, hamda ularda bajariladigan har xil ishlar 
Havo elektr uzatish tarmoqlarining transport magistrallari (temir yo‗llar, 
kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish 
uchun vaqtincha transport harakatini to‗xtatish yoki transport harakati tufayli havo 
elektr uzatish tarmoqlaridagi olib borilayotgan ishni to‗xtatib tu-rish talab qilinsa, 
naryad beruvchi xodim ish joyiga transport magistrallari harakati xizmati vakilini 
chaqirishi kerak. 
Bu vakil zarur muddatga transport harakatini to‗xtatib turilishini ta‘minlashi 
yoki tarmoqda ishlayotgan brigadani yaqinlashayotgan transport to‗g‗risida 
ogohlantirishi shart.
Transportlarni o‗tkazib yuborish uchun xalaqit berayotgan simlar xavfsiz 
balandlikka ko‗tarib qo‗yilishi zarur. 
Havo elektr uzatish tarmog‗ini asosiy va qishloqlararo yo‗llar bilan 
kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan bo‗limlarida ish olib borilsa, transport 
haydovchilarini ogohlantirish yoki transport harakatini to‗xtatish uchun Yo‗l 
Harakati Xavfsizligi Boshqarmasi (YHXB) bilan kelishilgan holda, ishboshi
asosiy va boshqa yo‗llarga signal beruvchini qo‗yishi shart. 
Zarurat tug‗ilganda, YHXB vakili chaqirilishi zarur. 
Signal beruvchilar havo elektr uzatish tarmog‗i bilan yo‗lni kesishgan yoki 
yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 m uzoqlikda turishlari va ularda 
kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa qizil chiroqlar bo‗lishi kerak. 
Yerdan izolyatsiya qilingan chaqmoq chaqishdan himoya qiluvchi simga 
tushgan yerga ulagichni ulash va olishdan oldin, avvalo sim yerga ulanishi zarur. 
Havo elektr uzatish tarmoqlarida, simlarni kesim yuzasi 70-240 mm
2
va undan 
yuqori bo‗lganda, ishchi-xodimlarni sim bo‗ylab harakat qilishlariga ruxsat etiladi. 


102 
Bunda, xodim har bir fazasi kokillarga bo‗lingan simlar bo‗ylab harakat 
qilganida, himoya kamari arqonini simga, hamda maxsus aravachalar ishlatilganda 
esa, aravachaga ham simga mahkamlangan bo‗lishi shart. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling