Электр хавфсизлиги


 Havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostida ishlash


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

6.4. Havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostida ishlash 
Kuchlanish ostida bo‗lgan havo elektr uzatish tarmoqlarida bajariladigan 
ishlarni, quyidagi ikki sxema bo‗yicha bajarilishi mumkin: 
- ishchi simdagi kuchlanish ostida bo‗lib, yerdan izolyatsiyalangan, ya‘ni 
«sim-odam-izolyasiya-yer» sxemasida; 
- ishchi simdan izolyasiyalangan holda, ya‘ni «sim-izolyasiya-odam-yer» 
sxemasida ish bajarishi mumkin; 
Ishchi simda kuchlanish ostida ishlaganda, ishchi-xodimni yerdan 
izolyatsiyalab va ekranlovchi komplekt kiyimlaridan foydalanib, ekran komp-
lektlarining ish maydoni, hamda simdagi potensialni (kuchlanishni) tenglashtirib, 
ishlashiga ruxsat etiladi. 


92 
Potensialni (kuchlanishni) tenglashtirish, bu potensialni (kuchlanishni) 
ko‗chirish uchun mo‗ljallangan maxsus shtanga bilan amalga oshiriladi. 
Ishchi simga ko‗tarilishidan oldin, uning ekran komplekti potensialni 
(kuchlanishni) ko‗chirish uchun mo‗ljallangan maxsus shtanga bilan va agar 
qo‗llanilayotgan bo‗lsa, elektrik kabinasi bilan ulangan bo‗lishi zarur. Bunday 
ishlarni bajarishda, ishchi-xodim bilan yerga ulangan qismlar, hamda uskuna 
qismlarigacha bo‗lgan masofa, 1-jadvalda ko‗rsatilgan masofadan kam bo‗lmasligi 
shart.
Sim potensiali ostida bajariladigan aniq ish turlari maxsus yo‗riqnomada 
qayd qilingan texnologik karta bo‗yicha amalga oshirilishi kerak. 
Kuchlanish ostida ishchi-xodimni simdan izolyatsiyalab bajariladigan 
ishlarni, ushbu kuchlanishga mo‗ljallangan elektr himoya vositalarini qo‗llab 
bajarish kerak. 
Simdagi potensial ostida (bevosita tok o‗tkazuvchi qismga tegish bilan 
bog‗liq) ishlash huquqiga ega bo‗lgan brigada a‘zolari IV guruhli, brigada 
a‘zolarining qolganlari esa III guruhli bo‗lishlari shart. 
Sim potensiali ostida bo‗lgan izolyatsiyalangan qurilmadagi maydondan 
turib ish bajarilayotganda, ushbu ish maydonida bo‗lmagan ishchilarga asbob yoki 
moslama olish, hamda uzatish, sim potensialiga nisbatan o‗zgacha potensial 
osmada bo‗lgan izolyatsiya shodalari, armaturalar va izolyatorlariga tegish man 
qilinadi. 
Izolyatsiyalovchi shodalarda ishni boshlashdan oldin, o‗lchov shtangasi 
bilan osma izolyatorlarni elektr mustahkamligini va armaturadagi qulflarni bor-
yo‗qligini tekshirish shart. Ish bajarilayotgan ustunlardagi simni chiqarib yubo-
ruvchi qisqichli osma izolyatorda qisqichga pona qo‗yish va elektr uzatish tarmog‗i 
o‗tgan trassa relyefi talabiga ko‗ra, qo‗shni ustundagi qisqichlarga ham pona 
qo‗yish
zarur. 
Izolyatsiyalovchi shodalarda uni boshqa joyga ko‗chirib ilish yoki 
izolyatsiyalangan qurilmadan turib, ishchi-xodimlar yordamida ayrim izolyator va 


93 
armaturalarini almashtirish ishlarini bajarish, faqat shodalardagi butun izolyatorlar 
soni 70% dan kam bo‗lmagan taqdirda, ruxsat etiladi. 
500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida traversda turib 
izolyatsiyalovchi shokilalarni qayta ilish, traversdan kerakli moslamalarni ajratib 
bo‗shatish, traversga ularni osish faqat dielektrik qo‗lqopda va ekran komplektida 
bajarilishi kerak. 
35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‗ida izolyatsiyalovchi 
shodaning ikki izolyatori butun bo‗lgan holda, birinchi izolyator shapkasiga, 110 
kV dan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‗ida esa, birinchi va ikkinchi 
izolyator shapkasiga tegishga ruxsat etiladi. Izolyatorlarni hisoblash tartibi 
traversdan boshlanadi. 
35-110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida, trubkali 
zaryadsizlagichlarni kuchlanish ostida, zaryadsizlagichni tashqi elektrodi simga 
belgilab berilgan masofadan kam masofaga yaqinlashishi mumkinligiga barham 
beradigan izolyatsiyalovchi tashqi o‗lcham shodasini qo‗llash sharti bilan
ta‘mirlashga ruxsat etiladi. Zaryadsizlagichni olish paytida, zaryadsizlagich 
(разрядник) elektrodini burishda yoki uning tashqi elektrodini simga 
yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin bo‗lgan maydonda turish, man qilinadi. 
Zaryadsizlagich tashqi elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, faqat 
izolyatsion shtanga yordamida bajarilishi kerak. 
Ustundan izolyatsiyalangan yashin qaytaruvchi simga (trossga) 1 m dan kam 
bo‗lgan masofaga yaqinlashish ta‘qiqlanadi. 
Agar sim muzni eritish uchun mo‗ljallangan sxemada ishlatilsa, simga 
yaqinlashish masofasi muzni eritish uchun qo‗llanilgan kuchlanishga qarab 
aniqlanadi. 
Tuman, yomg‗ir va qor yog‗ayotganda yoki qorong‗ida, hamda ustunlarda 
ishlashga qiyinchilik tug‗diruvchi shamol paytida kuchlanish ostidagi havo elektr 
tarmog‗i va havo aloqa tarmoqlarida ishlash man qilinadi. 


94 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling