Электр хавфсизлиги
Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
6.3. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar
Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini va ustunlarini ajratib buzish, hamda ustun elementlarini almashtirish ish rahbari ishtirokida texnologik karta yoki ish bajarish loyihasi asosida bajarilishi zarur. Faqat ustunning mahkam va chidamli ekanligiga ishonch hosil qilingandagina, ustunga chiqish va uning ustida ishlashga ruxsat etiladi. Ustunlarni mustahkam turganiga shubha tug‗ilgan taqdirda (ustunlarni yerga mo‗ljaldan kam chuqurlikda ko‗milganligi, tuproqni yumshoq va maydaligi, yog‗ochlarni chiriganligi, betondagi darzlar va hokazolar), ularni mahkamlash zaruriyatini va yo‗llarini ish rahbari yoki ishboshi ish joyida belgilaydi. Ustunlarni tortqichlar yordamida mahkamlash ishlari ustun ustiga chiqmasdan turib, ya‘ni teleskopik minora yoki boshqa odamlarni ko‗tarishga mo‗ljallangan mexanizmlarni bevosita ustun yoniga o‗rnatib, yoki bu ishlarni ustunlarga ko‗tarilmasdan o‗rnatiladigan maxsus mustahkamlash qurilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi kerak. Ustun mustahkamlanganidan so‗ng, unga ko‗tarilishga ruxsat etiladi. Simlarni bir tomonlama tortishilishiga mo‗ljallanmagan ustunlar, hamda vaqtincha shunday tortilish paydo bo‗lishi mumkin bo‗lgan taqdirda, ularni ag‗darilib tushmasligi uchun oldindan mahkamlangan bo‗lishi shart. Oraliq ustunlarni oldindan mahkamlamasdan turib, ularga osilgan simlarni butunligini buzish va sim bog‗ichlarini bo‗shatish, man qilinadi. Quyidagi brigada a‘zolarini ustunga chiqishiga ruxsat etiladi: - III guruhga — barcha turdagi ishlarni bajarish uchun ustunning yuqorisigacha chiqish; 89 - II guruhga — uzib qo‗yilgan elektr uzatish tarmog‗ini barcha ustunlarini yuqorisigacha chiqib bajariladigan ishlarga, uzilmagan elektr uzatish tarmog‗ida esa, ustundagi eng pastki simdan ishlayotgan ishchining boshigacha bo‗lgan masofa 2 m qolguncha, ustunni tok o‗tkazmaydigan qismida bajariladigan barcha ishlarga (ustunlarni bo‗yash bilan bog‗liq ishlar bundan mustasno); - I guruhga — yer sathidan 3 m gacha bo‗lgan balandlikdagi (ishchining oyog‗igacha) barcha turdagi ishlarga; Yuqorida bajariladigan ayrim turdagi ishlar, texnika xavfsizligi qoidalarida qayd qilingani bo‗yicha, ushbu ishlarni bajarish uchun elektr xavfsizligi guruhiga ega bo‗lgan xodimlar tomonidan bajarilishi kerak. Yog‗och va temir-beton ustunlarga ko‗tarilishda himoya kamarini osma arqonni yog‗och ustun orqasidan aylantirib o‗tkazib olinishi, temir-beton ustunlarda esa, ustun orqasidan aylantirib o‗tkazib olinishi yoki ustunga mahkamlangan narvonga mahkamlanishi kerak. Burilishlarga o‗rnatilgan shtirli izolyatorli ustunlarning ichki burchak tomonidan chiqish va ishlash man qilinadi. Ustunlarda ishlaganda himoya kamaridan foydalanish, hamda ikkala elektrik tirnog‗i (kogti) qo‗llanilganda unga o‗rnashib ishlash shart (23-rasm). a) b) v) g) Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling