Электр хавфсизлиги
Naryad bo„yicha ko„pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ularining
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
6.2. Naryad bo„yicha ko„pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ularining
kesishgan joylarida va turli uchastkalarida bajariladigan ishlar Har bir havo elektr uzatish tarmog‗iga, ko‗p zanjirli elektr uzatish tarmoq- ning har bir tarmog‗iga alohida naryad beriladi. Bir necha havo elektr uzatish tarmoqlariga (zanjirlariga) bitta naryad quyidagi hollarda beriladi: - barcha zanjirlardagi kuchlanish olib tashlanganda yoki ko‗pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqning biror-bir zanjiridan kuchlanish olinmaganda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlarga; 87 - havo elektr uzatish tarmoqlarini bir-biri bilan kesishgan joylarda bajariladigan ishlarga; - transformator punktlari yoki komplekt transformator punktlari o‗chirib qo‗yilgan joydan chiqqan 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uzatish tarmoqlarida navbatma-navbat bajariladigan ishlarga; - bir nechta elektr uzatish tarmoqlarining tok o‗tkazmaydigan qismlaridagi kuchlanishni olmasdan turib bir turdagi bajariladigan ishlarga; Naryadda ta‘mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‗ini qaysi elektr uzatish tarmog‗i kesib o‗tgan bo‗lsa, uni o‗chirish va yerga ulash kerakligi ko‗rsatilishi shart (yerga ulagichlarni ish joyi yaqiniga, hamda texnika xavfsizligi qoidalarida ko‗rsatilgan joylarga qo‗yish sharti bilan). Agar ish sharoiti ta‘mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‗i yaqinidan o‗tgan elektr uzatish tarmog‗ini o‗chirish talab qilinadigan bo‗lsa, u haqda ham xuddi shunday ko‗rsatma naryadda qayd qilinishi kerak. Bunda ta‘mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‗ini kesib o‗tgan yoki yaqinidan o‗tgan elektr uzatish tarmog‗ini yerga ulash, brigadani ishlashiga ijozat berishdan oldin bajarilishi kerak. Ushbu elektr uzatish tarmoqlaridan yerga ulagichni ish to‗la tugatil- maguncha olish man qilinadi. Naryad, havo elektr uzatish tarmoqlarini alohida fazalarida bajariladigan ishlarga, ushbu elektr uzatish tarmog‗ining faqat bir transpozitsiya raqami ora- lig‗ida berilishi mumkin. Ikkita anker ustuni oralig‗i 2 km dan ko‗p bo‗lsa, simlar va trosslarni osish, hamda almashtirishdan boshqa ishlarda, o‗chirilgan tarmoqlarda, brigada a‘zolarini 2 km dan ko‗p bo‗lmagan uchastkada taqsimlanishiga ijozat beriladi. Bunday paytda bir brigada uchastkasining uzunligini naryad beruvchi belgilaydi. Agar ishchi xodim kuchlanish ostida elektr uzatish tarmog‗ini tok o‗tkazuvchi qismida ish bajarayotgan bo‗lsa, bir ustun (ikki ustun oralig‗ida) yoki ikki yonma-yon turgan ustunda turishi kerak. 88 Agar brigada bir naryad bilan har xil uchastkalarda, havo elektr uzatish tarmog‗i ustunlarida ish olib borsa, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‗tkazish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtirilmaydi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling