Электр хавфсизлиги


-rasm. Daraxt yoki tayanchlarga chiqish kogtilari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

23-rasm. Daraxt yoki tayanchlarga chiqish kogtilari
 
Ustunning asosiy tik turgan qismida ishlaganda shunday joylashish kerakki, 
bunda kuchlanish ostida bo‗lgan eng yaqin turgan sim e‘tibordan yo‗qolmasligi 
zarur. 
Ustunning ayrim bo‗laklarini almashtirish jarayonida, ustunning yiqilishi 
yoki o‗rnida qo‗zg‗alishiga barham berish zarur. 


90 
Bir yoki ikki tayanchli П yoki АП tipidagi ustunlarning oyoqlariga 
qo‗shimcha bittadan yoki ikkitadan o‗rnatilgan tirgaklarni almashtirish uchun bir 
vaqtda ikkala tayanch oyoqlarini qazish man qilinadi. Avval bir ustun oyoq-lariga 
qo‗shimcha o‗rnatilgan tirgak almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanib, yer 
shibbalab bosilganidan so‗ng, ikkinchi ustun oyoqlariga qo‗shimcha o‗rnatilgan 
tirgakni almashtirishga kirishish mumkin. 
Ustun oyog‗iga qo‗shimcha ikkitadan o‗rnatilgan tirgaklar navbatma-navbat 
almashtirilishi kerak. 
Tirgaklarni chuqurdan olish va chuqurga tushirish jarayonida, ishchilar-ning 
chuqurda bo‗lishlari man qilinadi. 
Ustunlarni yiqitish va o‗rnatish usuli, qiyshayib ketishiga qarshi uni 
mustahkamlash usullari, hamda uni zarurligini ish rahbari, agar u tayinlanmagan 
bo‗lsa, naryad beruvchi belgilaydi. 
Elektrolizerlar oldidagi polda rezinali gilamlar to‗shalgan bo‗lishi shart. 
Kryukli tortqi ishlatilgan taqdirda, kryuk albatta himoya qulfi bilan 
jihozlangan bo‗lishi kerak. 
Izolyatsiyalovchi shokilalarda ishlash jarayonida bir yoki ko‗p zanjirli (ikki 
va undan ko‗p shodali) osma va ko‗p zanjirli tortib turuvchi izolyatorlar shokilalari 
bo‗ylab harakat qilishga ruxsat beriladi. Bir zanjirli tortib turuvchi 
izolyatsiyalovchi shokilada tana muvozanatini saqlash uchun maxsus moslamalar 
ishlatib yoki uning ustiga yotib, hamda oyoqlar bilan traversga ilinib ishlash 
mumkin. Izolyatsiyalovchi osma shodalarda ishlash jarayonida himoya kamarining 
osma arqoni traversga mahkamlanishi shart. 
Agar himoya kamarining osma arqoni kaltalik qilsa, belga mahkamlangan 
ikkita yordamchi arqondan foydalanish zarur. 
Arqonni bittasi traversga mahkam bog‗lanadi, ikkinchisini esa oldindan 
travers orqali o‗tkazib, brigadaning yordamchi xodimi ushlab, kerakli holatda 
tortib yoki bo‗sh qo‗yib turiladi. 


91 
Tortib turuvchi, izolyatsiyalovchi shodalarda ishlaganda, himoya kamarini 
osma arqoni traversiga yoki ushbu maqsadga mo‗ljallangan moslamaga 
mahkamlanishi shart. 
Osma va tortib turuvchi ko‗p zajirli izolyatsiyalovchi shodalarda himoya 
kamarini osma arqonini, izolyatorlarni ish olib borilmayotgan shodalarning biriga 
mahkamlashga ijozat beriladi. Himoya kamarining osma arqonini ish 
bajarilayotgan shodaga mahkamlash man qilinadi. 
Izolyatsiyalovchi shodalalar ajralib ketishiga olib keladigan nosozliklar 
aniqlansa, ish o‗sha zahotiyoq to‗xtatilishi kerak. 
Simlar va trosslarni traversga ko‗tarish (yoki tushirish), hamda ularni tortish 
jarayonida, traversda yoki ustunning traversasi ostida turish man qilinadi. 
Yuk ko‗tarish chizmasini tanlashda va ko‗tarish bloklarini o‗rnatishda, 
shunday hisob-kitob qilish kerakki, bunda ustunga shikast yetkazadigan kuch 
paydo bo‗lmasin. Ustunga ko‗tarilib, uning ustki qismigacha bo‗yash ishlarini II 
guruhga ega bo‗lgan brigada a‘zosi bajarishi mumkin. Ustun bo‗yalganda 
bo‗yoqning simlarga va izolyatorlarga tomizmaslik choralarini ko‗rish zarur 
(masalan, taglik ishlatish). 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling