Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Odamlar ishlamoqda!» degan shior osilishi kerak; 


107 
- havo yig‗uvchi idish ichidagi bosim ostida bo‗lgan havoni tashqariga 
chiqarilib, havo chiqaruvchi klapanlar (пробка) ochiq holda qoldirilishi shart; 
- havo yig‗uvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq 
(заглушка) qo‗yilishi shart. 
Havo yig‗uvchi idishlar va o‗chirgich baklaridagi bosimni o‗lchovchi 
manometrlar nol ko‗rsatishi, ulardagi havo bosim ostida emasligini bildirmaydi.
Baklar va havo yig‗uvchi idishlarni ichiga tushish uchun mo‗ljallangan 
teshik qopqog‗idagi gayka va boltlarini bo‗shatib ochishdan oldin, undagi bosim 
ostida bo‗lgan havoni havo chiqaruvchi klapanlar yoki suruvchi ochgichlar 
(задвишка) ochiqligiga va haqiqatan ham havo yo‗q ekanligiga qarab, ishonch 
hosil qilish zarur. 
Sig‗imga tushish uchun mo‗ljallangan qopqoqni gayka va boltlari burab 
mahkamlangandan so‗ng, havo chiqarish klapanlarni yoki suruvchi ochgichlarni 
berkitish mumkin. 
Komplekt taqsimlovchi uskunalarning shkaflari bo‗linmasida ishlanganda
uskunalar joylashtirilgan aravacha tashqariga tortib chiqarilib, kuchla-nish ostida 
qolgan tok o‗tkazuvchi qismlar bo‗linmasidagi temir to‗siq berkitilib, qulflanishi 
hamda, «To„xta! Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur. Ishlashga mo‗ljallangan 
bo‗linmada esa, «Shu yerda ishlang!» degan shior osiladi. 
Komplekt taqsimlovchi uskunalarni tashqarisida, ammo unga ulangan 
uskunalarda yoki undan chiqadigan havo va kabel tarmog‗ida ishlanganda 
o‗chirgich joylashtirilgan aravacha shkafdan tashqariga tortib chiqarilishi, shkaf 
ichidagi temir to‗siq yoki shkaf eshikchasi berkitilib, qulflanishi va unga 
«Ulamasin! odamlar ishlamoqda!» yoki «Ulamasin! Tarmoqda ish ket-
moqda!» degan shiorlar osilishi kerak. 
Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi: 
- yerga ulagich pichoqlari bilan o‗chirgich joylashtirilgan aravacha orasida 
blokirovka bo‗lsa, aravachani nazorat holatiga keltirish yerga ulagich pichoqlari 
ulanganidan so‗ng bajariladi; 


108 
- komplekt taqsimlovchi uskuna shkaflarida bunday blokirovka yoki yerga 
ulagich pichoqlari bo‗lmasa, aravachani nazorat holati bilan shkafdan chiqarilgan 
holatdagi oraliqqa o‗rnatish, shkaf qulflanishi sharti bilan bajariladi. 
Ushbu shkafga ulangan tarmoqda yerga ulagich bor yoki yo‗qligidan qat‘iy 
nazar, aravacha va tarmoq orasida oraliq hosil qilish mumkin. 
Elektr uzatish tarmog‗ida ishlash zarur bo‗lsa, komplekt taqsimlovchi 
uskunaning shkafiga o‗rnatiladigan yerga ulagichni ulashda, texnika xavfsizligi 
qoidasi talablarini hisobga olish zarur. 
Komplekt taqsimlovchi uskunalarda o‗chirgichlar o‗rnatilgan aravachani 
sinashga, boshqaruv va releli himoya zanjirlarida ish olib borish uchun nazorat 
holatiga, komplekt taqsimlovchi uskunalardan tashqaridagi havo elektr uzatish 
tarmoqlari va kabel tarmoqlarida yoki unga ulangan uskunalarda, elektr motorlar 
orqali ulangan mexanizmlarda, ish bajarilmaydigan yoki komplekt taqsimlovchi 
uskuna shkafi ichida yerga ulagich o‗rnatilgan taqdirda qo‗yish
mumkin. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling