Электр хавфсизлиги


 Elektr toki ta‟siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

1.4. Elektr toki ta‟siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish 
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga, tibbiyot xodimi yetib kelgunga qadar 
ko‗rsatiladigan birinchi yordamni ikki qismga bo‗lib qaraladi:
I. 
Tok ta‘siridan qutqarish; 
II. 
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish. 
Tok ta’siridan qutqarish, bir necha xil bo‗lishi mumkin. Eng oson va qulay 
usul, bu elektr qurilmasining o‗sha qismiga kelayotgan tokni o‗chirishdir. 
Agar buni iloji bo‗lmasa (masalan o‗chirgich qurilmasi uzoqda bo‗lsa), unda 
kuchlanishi 1000 V dan past bo‗lgan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi 
yog‗ochli bo‗lgan bolg‗alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimining 
quruq joyidan ushlab tortib, tok ta‘siridan qutqarib qolish mumkin. 
Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lsa, unda dielektrik 
qo‗lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‗lgan elektr asboblaridan foydalanish 
kerak. 
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish, uning 
holatiga qarab belgilanadi. 
Agar jarohatlangan kishi hushini yo‗qotmagan bo‗lsa, unda uning tinchligini 
ta‘minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga 
olib borish zarur. 
Agar tok ta‘siridan hushini yo‗qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi 
ishlayotgan bo‗lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini 
bo‗shatish, hamda sof havo kelishini ta‘minlash zarur. 
Shu bilan birga, shart-sharoit mavjud bo‗lsa, nashatir spirtni hidlatish, 
yuziga suv purkash, tanasini va qo‗llarini ishqalash yaxshi natija beradi. 
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashib qaltirash holati 
kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‗lsa, unda bu kishiga sun‘iy 
nafas oldirish ishlarini bajarish zarur. 
Agar klinik o‗lim holati yuz bersa, sun‘iy nafas oldirish bilan bir qatorda 
yurakni ustki tomonidan massaj qilish kerak. 


12 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling