Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Sinov savollari. 
1. Ish jarayonida foydalaniladigan himoya vositalari, qaysi qoida va 
talablarga javob berishi kerak? 
2. Xavfsizlik qoidalari bo‗yicha, qo‗shimcha talablar qo‗yiladigan ishlarni 
bajarish huquqiga ega bo‗lgan xodimlar guvohnomasida, qanday yozuvlar bo‗lishi 
lozim? 
3. Xodimlarni o‗qitish va bilimini tekshirish talablari. 
4. Elektr toki ta‘siridan inson organizmida, qanday o‗zgarishlar kuzatiladi? 
5. Elektr tokining inson organizmiga mahalliy ta‘sirini tushuntirib bering. 
6. Elektr toki urishi ta‘sirini izohlang. 
7. Klinik va biologik o‗limlar holatlarini tushuntirib bering. 
8. Inson organizmining qarshiligini gapirib bering. 
9. Inson organizmidan oqib o‗tadigan toklar chegarasidagi ta‘sir va ular-ning 
nomlarini sanab o‗ting. 
10. Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish 
yo‗llari. 


13 
2–BOB. ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANGAN VA BOSHQA BAXTSIZ 
HODISAGA UCHRAGANLARGA BIRINCHI YORDAM BERISH 
YO„LLARI 
2.1. Umumiy qoidalar 
Birinchi yordamning muvaffaqiyatli bo‗lishi asosan yordam beruvchining 
chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bog‗liqdir. Mohirlik bilan muvaffaqiyatli 
yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va malaka orttirish yo‗li bilangina 
o‗rganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning o‗zi birinchi yordam berish uchun 
kifoya qilmaydi. 
Shikastlangan kishini saqlab qolish aksariyat holatlarda uni tokdan qanchalik 
tez qutqarishga‚ unga birinchi yordamni naqadar tez va to‗g‗ri berishga bog‗liq 
bo‗ladi. Vaqtni o‗tkazib, yordam berishga uzoq tayyorgarlik ko‗rish, shikastlangan 
kishining o‗limiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Shikastlangan kishida nafas olishi, yurak urishi, puls singari hayot 
belgilarining ko‗rilmasligi uni o‗lgan deb hisoblash uchun asos bo‗la olmaydi, 
shunga ko‗ra, unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr 
tokidan shikastlanganda kishining o‗limi ko‗pincha soxta bo‗ladi. Shikastlangan 
kishining chindan ham o‗lganligini faqat tibbiyot xodimi aniqlaydi va yordam 
berishning foydasiz ekanligini ayta oladi. 
Shu sababli, elektr qurilmada xizmat qiladigan hamma hodimlarga elektr 
energiyaning xavfliligi va birinchi yordam berish choralari to‗g‗risida vaqti-vaqti 
bilan tadbirlar o‗tkazilib, aniq yo‗riqlar berib turilishi kerak. Bunda xodimlarga 
tokdan qutqarish va sun‘iy nafas oldirish usullarini amalda ko‗rsatib o‗rgatish 
lozim. Mashg‗ulotlarni malakali tibbiyot xodimlari bilan texnika xodimlari 
birgalikda o‗tkazishlari lozim. Mashg‗ulotlarni tashkil etish, seh, tuman, uchastka, 
podstansiyaning ma‘suliyatli boshliqlari zimmasiga yuklatilishi zarur. 
Doimiy navbatchilik qilinadigan joylarda: 
- birinchi yordam berish uchun eng avvalo zarur dori-darmon va tibbiyot 


14 
asboblari solingan maxsus quti (kichkina shkaf); 
- birinchi yordam berish qoidalari, masalan, sun‘iy nafas oldirish qoidalari 
yozilgan va ko‗rinadigan joyga osib qo‗yilgan plakatlar bo‗lishi lozim. 
Mutaxassis bo‗lmagan kishilarniig birinchi yordamni to‗g‗ri bera bilishi 
uchun, quyidagi tadbirlarni oldindan ko‗rib qo‗yish zarur: 
a) har bir korxona, seh va hokazolarda dori-darmon shkaflariga qarab 
turadigan maxsus kishilar belgilanadi. Ular shkaflardagi dori-darmonlarning 
kamini to‗ldirib turish va hamma smenalarda shkaflarning to‗liq bo‗lishi uchun 
javobgardir; 
b) har bir smenada maxsus kishilar ajratilib, ular birinchi yordam berishga 
o‗rgatiladi. Bu kishilar ham shkaflarning o‗z smenasida talabga javob beradigan 
bo‗lishi uchun, javobgardir; 
v) tibbiyot xodimlari: 
- birinchi yordam berish qoidalarining to‗g‗ri bajarilishiga; 
- shikastlangan kishining o‗z vaqtida, albatta, tibbiyot punktiga yuborilishiga 
javobgardirlar; 
g) mutaxassis bo‗lmagan kishi yordam berishda tibbiyot xodimi o‗rnini bosa 
olmaydi, shunga ko‗ra u tibbiy yordam etib kelgunga qadar zarur bo‗lgan birinchi 
yordamni berishi kerak, xolos. Bu yordam: 
- qon oqishini to‗xtatish; 
- jarohatlarni, kuygan joylarni bog‗lash; 
- singan suyakni moslama yordamida qimirlamaydigan qilib bog‗lash; 
- hushga keltiruvchi choralar, ayniqsa sun‘iy nafas oldirish; 
- shikastlangan kishini ko‗tarib yoki transportda olib borishdan iborat 
bo‗lishi lozim; 
d) sehdagi birinchi yordam shkafida yoki korxonadan tashqarida ishlayotgan 
brigada boshlig‗ining birinchi yordam sumkasida quyidagilar bo‗lishi lozim: 
- individual aseptik paketlar (bintsiz); 
- individual aseptik paketlar (bintli); 
- bintlar; 


15 
- paxtali doka bintlar (suyak singanda bog‗lash uchun): 
- mustahkam probkali shishada yod aralashmasi; 
- ko‗zni yuvish uchun borat kislota eritmasi; 
- nashatir spirti; 
- borli vazelin; 
- efir-valerian dori; 
- soda; 
- kaliy; 
- vodorod peroksidi; 
- dori ichirish yoki ko‗z yuvish uchun qulay kichik choynak; 
- qon oqishini to‗xtatish uchun jgut (1-rasm); 
- qo‗l yoki oyoq suyaklari singanda yoki chiqqanda bog‗lab qo‗yish uchun 
buklanadigan faner shinalar; 
- sovun; 
- sochiq; 
- korxonalarda: sun‘iy nafas oldirish apparati, jarohatlarni ochish, 
shikastlangan kishiniig tilini tortib ushlab turish va boshqa holatlarda ishlatish 
uchun asboblar, shuningdek, shikastlangan kishilarni ko‗tarish uchun zambillar 
bilan ta‘minlash tavsiya etiladi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling