Электр хавфсизлиги


-rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilish uchun mo„ljallangan nuqtada qo„llarning


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

4-rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilish uchun mo„ljallangan nuqtada qo„llarning 
joylashish tartibi 
Qorin bo‗shlig‗idan ko‗krak qafasiga o‗tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan 
massaj qiladigan joyni belgilab, qo‗lni bir-biri ustiga to‗g‗ri burchak shaklida 
qo‗yib, jarohatlangan kishi ko‗krak qafasini tana og‗irligi bilan ma‘lum 
miqdordagi kuchni moslab bosiladi. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan 
bo‗lishi kerak. Bunda ko‗krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu 
yurak urish ritmiga moslab davom ettiriladi (5-rasm). 


19 
Massaj qilish sun‘iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar 
yordam ko‗rsatuvchi bir kishi bo‗lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta 
ko‗krak qafasini bosishi lozim. Jarohatlangan kishining yurak urishi normal 
holatga kelganligini, uning pulsini tekshirib bilsa bo‗ladi. Buning uchun 
yuqoridagi muolajalarni 2-3 sekundga to‗xtalib, puls sanab ko‗riladi. 
5-rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilishda yordam beruvchining joylashish holati 
Sun’iy nafas oldirish yo‘llari: 
Birinchi usul. Agar yordam beruvchi shaxsning bir o‗zi sun‘iy nafas 
oldiradigan bo‗lsa, birinchi usulni qo‗llanishi ma‘qul. Birinchi usulning afzalligi 
shundaki, bu usul oddiy va yengil bo‗lib, uni ozroq mashq qilish bilan osongina 
o‗rganib olish mumkin (6-rasm). 
6-rasm. Bir kishi bo„lganda sun‟iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qilish 
tartibi 


20 
Birinchi usulda shikastlangan kishini qorni bilan yerga yotqiziladi, boshi yon 
tomonga qaratilib tirsagi bukilgan qo‗li ustiga qo‗yiladi, ikkinchi qo‗lini boshi 
tomoniga uzatiladi, boshining tagiga biror narsa yoziladi. Iloji bo‗lsa, 
shikastlangan kishining tili tortib chiqariladi, biroq uni ushlab turish zarur emas
chunki til tortib chiqarilgandan keyin shu holicha turaveradi Yordam beruvchi 
shikastlangan kishini ikki oyog‗i orasiga olib tiz cho‗kadi, bunda uning yuzi 
shikastlangan kishining boshi tomoniga qaragan bo‗lishi kerak. 
Kaftlar shikastlangan kishining pastki qovurg‗alari ustiga qo‗yiladi va 
juftlashtirilgan barmoqlar bilan biqinidan ushlanadi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling