Электр хавфсизлиги


 Tokdan qutqarish yo„llari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

2.3. Tokdan qutqarish yo„llari 
Elektr qurilmalarining tok o‗tib turgan qismlariga tegish ko‗pincha 
muskullarning beixtiyor tortishib qisqarishi (tirishish) ga sabab bo‗ladi. Shunga 
ko‗ra, shikastlangan kishi simni ushlagan bo‗lsa, uning barmoqlari qattiq 
mushtlanib qoladiki, u simni o‗zicha qo‗yib yubora olmaydi (8-rasm). 
8-rasm. Elektr qurilmasini o„chirish yo„li bilan jabrlanuvchini tok ta‟siridan qutqa-rish 
tartibi 


23 
Agar shikastlangan kishi tok o‗tib turgan qismlarga tegib turgan bo‗lsa, 
dastlab uni elektr toki ta‘siridan qutqarish kerak. Ayni vaqtda, tegishli ehtiyot 
choralarini ko‗rmay turib, tok ta‘sirida bo‗lgan kishiga tegish hayot uchun 
xavflidir. Buni hamisha yodda tutmoq kerak. 
Birinchi chora, bu qurilmaning shikastlangan kishi tegib turgan qismini 
darhol tokdan ajratish. Bunda quyidagilarni nazarda tutmoq lozim: 
- agar shikastlangan kishi balandda bo‗lib, qurilmalarni tokdan ajratish uning 
yiqilib tushishiga sabab bo‗lsa, uni yiqitmaslik chorasini ko‗rish lozim, aks holda u 
tokdan ajratish vaqtida yiqilib, yanada og‗ir shikastlanishi mumkin; 
- qurilmani tokdan ajratgan vaqtda elektr chiroqlar o‗chib qoladigan bo‗lsa, 
avariya chirog‗i, akkumulyatorli fonarlarni tayyorlab qo‗yish kerak, lekin bu 
qurilmani tezlik bilan tokdan ajratishga, shikastlangan kishiga birinchi yordam 
berishga aslo xalaqit bermasligi lozim. 
Agar qurilmani tokdan tez ajratishning iloji bo‗lmasa, shikastlangan kishini 
unga tegib turgan tok o‗tkazuvchi qismlardan ajratish chorasini ko‗rish lozim. 
Past kuchlanishli tok ta’siridan qutqarish yo‘llari. 
Shikastlangan kishini tok o‗tkazuvchi qismlardan ajratish yoki simni undan 
ajratish uchun quruq kiyim, quruq arqon, quruq yog‗och taxta (9-rasm) yoki 
o‗zidan tok o‗tkazmaydigan boshqa biror narsadan foydalanish kerak. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling