Электр хавфсизлиги


 Birinchi yordam berish tadbirlari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

2.4. Birinchi yordam berish tadbirlari 
Birinchi yordam berish tadbirlari shikastlangan kishi tok ta‘siridan 
qutqarilgandan keyin uning qanday ahvolda bo‗lishiga bog‗liq. 
- agar shikastlangan kishi hushida bo‗lsayu, lekin bundan avval hushidan 
ketgan yoki ancha vaqt tok ta‘sirida qolgan bo‗lsa, tibbiyot xodimi etib kelguncha 
uni tamomila tinch yotqizib qo‗yish va 2-3 soat davomida unga qarab turish zarur. 
Agar zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirishning iloji bo‗lmasa, shikastlangan 
kishini transport vositasi yoki zambil bilan ta‘minlab, uni darhol davolash 
muassasasiga etkazish lozim; 
- shikastlangan kishi hushidan ketgan, lekin nafas olib turgan bo‗lsa, uni 
qo‗lay yotqizib tinch qo‗yish, kiyimlarining tugmalarini yechib, yoqalarini ochish, 
sof havo o‗tib turishini ta‘minlab, uning yonidagi ortiqcha odamlarni undan 
chetlatish lozim. Shikastlangan kishiga nashatir spirtini hidlatish, suv purkash 
(suvni og‗iz bilan purkash yaramaydi), badanini ishqalash va isitish kerak, hamda 
zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirish zarur. Agar shikastlangan kishining nafas 
olishi yomon, ya‘ni o‗layotganga o‗xshab siyrak va o‗htin-o‗htin nafas olayotgan 
bo‗lsa, sun‘iy nafas oldirishni davom ettirish shart; 
- shikastlangan kishida hayot belgilari (nafas olish, yurak urishi, puls) 
ko‗rilmaganida ham, uni o‗lgan deb hisoblash yaramaydi. Tokdan shikastlangan 
kishining o‗limi ko‗pincha soxta o‗lim bo‗ladi. Shunday holda yotgan kishiga 
darhol sun‘iy nafas oldirib, birinchi yordam berilmasa, uning hayoti asta-sekin 
so‗nib, o‗lib qoladi. Bunday hollarda tez yordam chaqiriladi va tibbiyot xodimi etib 
kelguncha tinmay sun‘iy nafas oldirib turiladi. 
O‗likdek bo‗lib qolgan kishini hayotga qaytarishda har bir daqiqa ham 


28 
g‗animatdir. Shu sababli, birinchi yordamni mumkin qadar tez va hodisa ro‗y 
bergan joyning o‗zidayoq bajarish lozim, agar bu joy shikastlangan kishiga yoki 
yordam beruvchiga xavfli bo‗lsa yoki u yerda yordam berishning iloji bo‗lmasa, 
shundagina shikastlangan kishini yordam berish uchun boshqa joyga ko‗chiriladi. 
Tokdan shikastlangan kishi yiqilib boshi majaqlangan bo‗lsa yoki gavdasi 
butunlay kuyib ketgan bo‗lsa, uni o‗lgan deb hisoblash mumkin. 
Boshqa hollarda uning o‗lgan-o‗lmaganini faqat mutaxassis yoki tibbiyot 
xodimi aniqlay oladi. Shikastlangan kishini yerga ko‗mish aslo yaramaydi, chunki 
bu foyda bermaydi va ustiga zarar ham keltiradi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling