Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- “To„rt, besh, olti”
- 7-rasm. Ikki kishi bo„lganda sun‟iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qi-lish tartibi
- “Bir, ikki, uch”
“Bir, ikki, uch” deb gavda bilan oldinga asta-sekin engashiladi va
gavdaning butun og‗irligini qo‗llarga tashlab shikastlangan kishining pastki qovurg‗alariga bosiladi (shikastlangan kishi nafas chiqaradi), kaftlarni shikastlangan kishining biqinidan olmay, gavda orqaga tashlanadi (shikastlangan kishi nafas oladi). “To„rt, besh, olti” deb sanagandan keyin, yana “bir, ikki, uch” deb, asta- sekin engashiladi va gavdaning og‗irligini qo‗llarga tushirib, shikastlangan kishining pastki qovurg‗alariga bosiladi, va shunday harakatlar takrorlanaveradi. Ikkinchi usul. Agar yordamchilar bo‗lsa, ikkinchi usulni qo‗llangan ma‘qul, chunki bu usul yaxshiroq natija beradi. Biroq bu usulda yordam beruvchilar tez charchab qoladi, ular almashib turishlari kerak bo‗ladi (7-rasm). 7-rasm. Ikki kishi bo„lganda sun‟iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qi-lish tartibi 21 Ikkinchi usulda, shikastlangan kishini chalqancha yotqizish, boshini orqaga tashlamoq uchun kuragi tagiga kiyimini o‗rab qo‗yish va og‗zini shilimshiqdan tozalash, tilini chiqarib pastga, iyakka qarab sal tortish va shu holda ushlab turish lozim. Yordam beruvchi shikastlangan kishining bosh tomoniga tiz cho‗kadi, uning ikkala qo‗lini tirsagi yaqinidan ushlab ko‗krak qafasining yon tomonlariga asta-sekin bosadi (bunda shikastlangan kishi nafas chiqaradi). “Bir, ikki, uch” deb shikastlangan kishining qo‗llari yuqoriga ko‗tariladi va orqa tomonga tortiladi (bunda shikastlangan kishi nafas oladi), “to„rt, besh, olti” deb, qo‗llar yana ko‗krak qafasining yon tomonlariga asta sekin bosiladi va shu harakat takrorlanaveradi. Yordamchilar bo‗lsa, ikkinchi usulda ikki kishi sun‘iy nafas oldiradi. Ularning har biri shikastlangan kishining yon tomonida bir oyoq bilan tiz cho‗kib, uning bir qo‗lidan ushlaydi va sanab turib bir vaqtda mos harakat qiladi. Uchinchi kishi shikastlangan kishiniig tilidan ushlab turadi. Sun‘iy nafas oldirish to‗g‗ri o‗tkazilayotgan bo‗lsa, ko‗krak qafasini bosib qo‗yib yuborganda kekirdak orqali havo o‗tishi tufayli bir xil (ingraganga o‗xshagan ovoz) chiqadi. Ovoz chiqmaganligi shikastlangan kishining tili orqaga ketib halqumiga tiqilib qolganini va o‗pkaga havo kirmaganini bildiradi. Bunday hollarda shikastlangan kishining tilini ko‗proq chiqarish kerak. Shikastlangan kishining qo‗li yoki o‗mrovi singan bo‗lsa, ikkinchi usulni qo‗llash yaramaydi. Sun‘iy nafas oldirishning har ikkala usulida ham shikastlangan kishining ko‗krak qafasini juda qattiq bosish yaramaydi, chunki uning qovurg‗asini sindirib qo‗yish mumkin. Bundan tashqari ikkinchi usulda, xususan qorin qattiq bosilsa, me‘dadagi ovqat siqib chiqarilishi va havo yo‗llariga tiqilib qolish ehtimolidan xoli emas. Shuningdek, ikkinchi usulda shikastlangan kishining qo‗llarini kuch bilan qattiq siltash yaramaydi, chunki bunday hollarda qo‗lni chiqarib, hatto sindirib qo‗yish ham mumkin. 22 Sun‘iy nafas oldirishning har ikkala usulida ham shikastlangan kishi badanining sovqotishiga yo‗l qo‗yish, uni yerga, tosh ustiga, beton yoki temir polga biror issiq narsa yozmasdan yotqizish yaramaydi. Shikastlangan kishini isitish uchun tanasiga va oyoqlariga issiq suvli shisha, qizdirilgan g‗isht yoki tosh qo‗yib ustiga biror narsa yopish kerak. Issiq suvli shisha, qizdirilgan g‗isht yoki tosh shikastlangan kishining badanini kuydirib qo‗ymasligi uchun, biror narsa bilan o‗rab qo‗yiladi. Bu ishlarni juda tez, sun‘iy nafas oldirishni to‗xtatmay, nafas olish paytida, ya‘ni qo‗llarni (birinchi usulda yordam beruvchining qo‗llari yoki ikkinchi usulda shikastlangan kishining qo‗llari) shikastlangan kishining ko‗krak qafasidan 2-3 sekundga olganda qilish kerak. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling