Электр хавфсизлиги


-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmalarda quruq taxta yordamida simlarni olib


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

9-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmalarda quruq taxta yordamida simlarni olib 
tashlash yo„li bilan jabrlanuvchini tok ta‟siridan qutqarish tartibi 


24 
Bu maqsadda metall yoki ho‗l buyumlarni ishlatish mutlaqo yaramaydi. 
Tok ta‘sirida qolgan kishining quruq etagi (kiyimining badanga tegmay 
turgan joyi) dan tortib simdan ajratsa ham bo‗ladi, ammo bunda uning kiyimi 
quruq bo‗lishi lozim (10-rasm). Shu bilan birga, atrofdagi metall buyumlarga va 
tok ta‘sirida qolgan kishi badanining ochiq joyiga tegib ketmaslik uchun juda 
ehtiyot bo‗lish kerak. 
Shuningdek, avval qo‗lni yaxshilab izolyatsiyalanmay turib, tok ta‘sirida 
qolgan kishini oyog‗idan tortish ham yaramaydi, chunki uning poyafzali ho‗l 
bo‗lishi va poshnasidagi mixlardan tok o‗tishi mumkin. 
10-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmadan jabrlanuvchini kiyimini quruq joyidan 
tortib olish yo„li bilan tok ta‟siridan qutqarish tartibi 
Tok ta‘sirida qolgan kishiga yordam berish uchun uning badanining ochiq 
joyiga qo‗l tekkizish zarur bo‗lsa, qo‗lga rezinali qo‗lqop va oyoqqa kalish kiyish 
yoki qo‗lga sharf o‗rash, yengni tushirish lozim va hokazo, juda bo‗lmaganda, tok 
ta‘sirida qolgan kishiniig ustiga rezina, rezinali material (plashch) yoki oddiy 
quruq material tashlash kerak. Oyoq tagiga quruq taxta yoki o‗zidan tok 
o‗tkazmaydigan quruq taglik solish, kiyimni va boshqalarni o‗rab qo‗yish ham 
mumkin. Mumkin qadar, bir qo‗l bilan ish bajarish kerak (11-rasm). 


25 
 
11-rasm. Kuchlanishi 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmadan jabrlanuvchini bir qo„l 
bilan tortib olish tartibi 
Past kuchlanishli tok ta‘sirida qolgan kishi qo‗llari bilan bir simni mahkam 
ushlab, tok uning gavdasi orqali yerga o‗tayotgan bo‗lsa, uning oyoqlari tagiga 
quruq taxta qo‗yish, oyog‗iga arqon yoki kiyim solib uni yerdan uzish va tok 
ta‘siridan qutqarish kerak. Biroq bunda yordam berayotgan kishi ham o‗ziga, ham 
shikastlangan kishiga nisbatan yuqorida aytilgan ehtiyot choralarini ko‗rishi lozim. 
Zarur bo‗lsa, past kuchlanishli simlarni dastasi quruq bolta bilan chopib uzish (12-
rasm) yoki izolyatsiyalangan tegishli asbob bilan qirqish kerak. Bu vaqtda juda 
ehtiyot bo‗lish lozim (simga tegmasdan, qo‗lga rezinali qo‗lqop, oyoqqa 
izolyatsion kalish kiyib, har qaysi simni alohida qirqish kerak). 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling