Электр хавфсизлиги


 Jarohatlanganda birinchi yordam berish yo„llari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

2.5. Jarohatlanganda birinchi yordam berish yo„llari 
Har qanday jarohat jarohatlovchi buyumdagi, jarohatlanuvchi teridagi, 
shuningdek chang, tuproqdagi, yordam beruvchining qo‗llaridagi, bog‗lov 
materialidagi mikroblar bilan ifloslanishi mumkin. 
Ko‗pincha o‗limga sabab bo‗ladigan og‗ir kasallik — mikroblardan 
zararlanishning oldini olish uchun, tuproq bilan ifloslangan jarohatlarga e‘tibor 
berish kerak. Darhol tibbiyot xodimiga murojaat qilib zararlanishga qarshi emlatib, 
buning oldini olish shart. 
Jarohat rivojlanib ketmasligi uchun, uni boylaganda, quyidagi qoidalarga 
qattiq rioya qilish lozim: 
- jarohatlangan kishiga birinchi yordam berishdan oldin, qo‗lni sovun bilan 
yaxshilab yuvish kerak. Agar biror sababga ko‗ra qo‗lni yuvishning iloji bo‗lmasa, 
barmoqlarga yod aralashmasi surtish kerak. Biroq yuvilgan qo‗lni ham jarohatga 
tekkizish yaramaydi. 
- jarohatni suv yoki, hatto biror dori bilan yuvish, unga kukunlar sepish, maz 
surtish yaramaydi, chunki bularning hammasi jarohatning bitishiga xalaqit beradi, 
teri ustidagi mikroblarning jarohatga tushishiga, keyin jarohatning rivojlanib 
ketishiga sabab bo‗ladi; 
- jarohatdagi qum, tuproq va boshqalarni artish ham yaramaydi, chunki 


29 
bunday ishlarni bajarganda jarohatni tozalash o‗rniga kirni uning ichkarisiga 
kiritish va unga mikroblarni yuqtirish mumkin. Jarohatni faqat mutaxassis yoki 
tibbiyot xodimi yaxshilab tozalay oladi; 
- jarohatni qotib qolgan qondan tozalash ham yaramaydi, chunki bu kuchli 
qon oqishiga sabab bo‗lishi mumkin; 
- jarohatni izolyatsiyalovchi lenta bilan o‗rash, unga yod bilan o‗rgumchak 
uyasi qo‗yish ham yaramaydi, chunki bunday narsalarda stolbnyak mikroblari 
bo‗lishi mumkin; 
Birinchi yordam shkafidagi (sumkasi) individual paketni ochib (ochish 
tartibi uning jildida yozilgan), undagi steril bog‗lov materialini jarohatga qo‗yish 
va bint bilan bog‗lash lozim. Paketlarni shunday ochish kerakki, bog‗lov 
materialining jarohatga yopiladigan tomoniga aslo qo‗l tekkizilmaslik kerak. 
Agar biror sabab bilan individual paket topilmasa, bog‗lash uchun toza (iloji 
bo‗lsa yangi dazmol urilgan) dastro‗mol, toza surp va shu kabilardan foydalanish 
mumkin. 
Lattaning jarohatga yopiladigan joyiga bir necha tomchi yod aralashmasi 
tomizib, jarohatdan kattaroq dog‗ hosil qilinadi, so‗ngra jarohat ustiga yopiladi. 
Xususan jarohat ifloslangan bo‗lsa, yod aralashmasidan shu tariqa foydalanish 
kerak. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling