Электр хавфсизлиги


Badan kuyganda birinchi yordam berish


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Badan kuyganda birinchi yordam berish. 
Badanning kuyishini og‗ir-engilligiga (terining bir oz qizarishidan tortib 
uning katta-katta joylari, ba‘zida esa birmuncha chuqurroqdagi to‗qimalarning ham 
kuyib ketishiga qadar), qarab uch darajaga bo‗linadi. 
Badan og‗ir kuygan bo‗lsa, ko‗ylak-shim va oyoq kiyimini juda ehtiyotlik 


33 
bilan yechish, yaxshisi qirqib olish kerak. 
Kuyishdan hosil bo‗lgan jarohat ifloslansa, yiring boylaydi va bitishi uzoq 
vaqtga cho‗zilib ketadi. Shu sababli, kuygan joylarga qo‗l tekizishga yoki biror 
maz, moy, vazelin yoki eritma surish aslo yaramaydi. 
Kishining kuygan joylarini yangi jarohat singari bog‗lash, ya‘ni unga 
paketdan olingan steril material yoki dazmollangan toza latta yopib, ustiga paxta 
qo‗yish va bint bilan yaxshilab o‗rash, shundan so‗ng shikastlangan kishini 
davolash muassasasiga yuborish kerak. Bu yeng oddiy va oson usul bo‗lib, kuygan 
joyning tezroq tuzalishi uchun foyda beradi. 
Kishi nimadan kuygan bo‗lmasin, ya‘ni bug‗, kuchlanish yoyidan yoki 
qaynoq mastika, kanifol va boshqalardan kuyadimi, hamisha birinchi yordam 
berishning shu usulini qo‗llanish kerak. Bunda kuyishdan hosil bo‗lgan pufaklarni 
yorish, yopishib qolgan mastika, kanifol yoki smolali moddalarni ko‗chirish 
yaramaydi, chunki ular bilan birga teri ham ko‗chishi, natijada jarohatga turli 
mikroblar tushishiga imkon tug‗ilishi, so‗ngra jarohat yiring boylashi mumkin. 
Shuningdek, kuygan kiyimning yopishib qolgan parchalarini ham ko‗chirib olish 
yaramaydi, zarur bo‗lsa, ularni o‗tkir qaychi bilan qirqib olish kerak. 
Kuchlanish yoyidan ko‗z kuyganda, ko‗zga borat kislotasidan sovuq 
bog‗lamlar (примочка) qo‗yish va shikastlangan kishini darhol tibbiyot 
muassasasiga yuborish lozim. 
Kimyoviy moddalar, asosan kuchli kislotalarning (sulfat kislota, azot kislota, 
xlorid kislota) va o‗yuvchi ishqorlar (kaustik soda va kir sodasi, so‗ndirilmagan 
ohak va hokazo) ta‘siri bilan kuyganda tezda kran yoki chelakdan suv oqizib 
qo‗yib, terining zararlangan joylarini 10-15 daqiqa davomida yuvish kerak. 
Kuygan qo‗l yoki oyoqni toza suv bilan to‗ldirilgan tog‗ora, bochka yoki 
chelakka tiqib, shu suvda chayib yuvsa ham bo‗ladi. 
Terining kuygan joylarini suv bilan yaxshilab yuvilganidan so‗ng, unga 
bog‗lam (примочка) qo‗yish mumkin, masalan: 
- kislotadan kuyganda soda eritmasidan (bir stakan suvga bir choy qoshig‗i 
soda); 


34 
- ishqorlardan kuyganda - sirkaning kuchsiz eritmasidan (sal nordon bo‗lsa 
kifoya) yoki borat kislotasidan (bir stakan suvga bir choy qoshiq) bog‗lam 
(примочка) qo‗yiladi.

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling