Электр хавфсизлиги
Shikastlangan kishini ko‘tarib yoki transportda olib borish yo‘llari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
Shikastlangan kishini ko‘tarib yoki transportda olib borish yo‘llari.
Shikastlangan kishini ko‗targanda, tashiganda yoki transportda olib borganda uni ehtiyot qilish, ya‘ni azob bermaslik uchun silkitishdan va noqulay yoki xavfli holatda yotqizishdan saqlash kerak. Agar imkoniyat bo‗lsa, yordamchilar topib shikastlangan kishini qalin-pishiq materialdan tayyorlangan zambilda ko‗tarib borish kerak. Shikastlangan kishini birdamlik bilan yaxshisi sanoq yoki buyruqqa muvofiq ohista ko‗tarib zambilga solish lozim. Buning uchun shikastlangan kishining bir tomoniga (sog‗ tomoniga) tiz cho‗kib turiladi va qo‗lni uning orqasi va taqimi tagiga solib (qo‗l barmoqlari ikkinchi tomondan chiqib turishi kerak) ko‗tariladi. Ayni vaqtda shikastlangan kishini zambilgacha ko‗tarib borish kerak emas. Shikastlangan kishini tiz cho‗kkan holda, yerdan bir oz ko‗tarib, shu vaqtda boshqa kishi uning tagiga zambilni surib qo‗yadi. Shikastlangan kishining burun suyagi singan bo‗lsa, buning katta ahamiyati bor. Bunday hollarda, shikastlangan kishini suyagi singan joyidan bir oz avaylab ushlab turish ham kerak. Shikastlangan kishining umurtqa pog‗onasi singan yoki pastki jag‗ suyagi 37 sinib, nafas olishi bo‘g‗ilayotgan bo‗lsa, uni yumshoq zambilga yuz tuban yotqiziladi. Shikastlangan kishini tekis joydan olib borayotganda oyog‗i oldinga qilib ko‗tariladi, balandlikka yoki zinaga chiqishda boshi oldinga qilib ko‗tariladi. Bunday vaqtda zambil qiyalanmasligi uchun, past tomondagi kishi zambilni yuqoriroq ko‗taradi. Yurganda zambilni silkitmaslik uchun qadamni baravar tashlamasdan, tizzani bir oz bukish, oyoqni mumkin qadar baland ko‗tarmay yurish kerak. Shikastlangan kishini qanday qilib zambilga solingan bo‗lsa, uni shu usulda zambildan avaylab olinadi. Shikastlangan kishini uzoqroq joyga ko‗tarib borilganda zambilning dastalariga tasma boylash va tasmani yelkaga solib ko‗tarish kerak. Og‗ir shikastlangan kishini transportda olib borganda, iloji bo‗lsa, uni zambili bilan transportga ortish kerak. Bunda zambilning tagiga poxol, o‗t va shu kabilar solinadi. Shikastlangan kishini silkitmaslik uchun transportni ehtiyot qilib, sekin haydash lozim. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling