Электр хавфсизлиги


Qon oqishini to‘xtatish yo‘llari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Qon oqishini to‘xtatish yo‘llari. 
Qon oqishini to‗xtatish uchun: 
- jarohatlangan qo‗l yoki oyoqni yuqori ko‗tarish; 
- qon oqayotgan jarohatga paket ichidan olingan taxlog‗lik toza material 
yopish va ustidan, ya‘ni jarohatga qo‗l tekkizmasdan barmoqlar bilan 4-5 daqiqa 
bosib turish lozim, qon oqishni to‗xtatsa, boylam ustiga boshqa paketdan olingan 
yana bir toza material yoki bir bo‗lak paxta qo‗yib bint bilan bir oz siqib 
bog‗lanadi; 
- kuchli qon oqqanda, agar jarohatni bog‗lash bilan qon oqishini to‗xtatib 
bo‗lmasa, jarohatlangan qo‗l-oyoqni bo‗g‗imidan bukish, shuningdek jarohatga 
boradigan qon tomirlarini barmoqlar bilan bosish, jgut bilan bo‗g‗ib boylash lozim. 


30 
Kuchli qon oqqanda zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirilishi zarur. Bu usulda 
bog‗langanda, 1,5-2 soatdan so‗ng yig‗ib, agar tez yordam kelmasa, qayta bo‗g‗ib 
bog‗lab, so‗ngra tibbiyot muassasiga jo‗natish zarur. 
Qon oqishini barmoqlar bilan bosib to‘xtatish. 
1. Jarohatning yuqorisidagi qon tomirlarini barmoqlar bilan tegishli suyakka 
bosib qon oqishini tez to‗xtatsa bo‗ladi. 
Odamning badanida bir qator nuqtalar bo‗lib, shu nuqtalardan qon 
tomirlarini tegishli suyakka bosish mumkin. Qon tomirlarini bosishning eng qulay 
joylari va usullari 14-rasmda ko‗rsatilgan: 
14-rasm. Buramadan foydalangan holda qonni to„xtatish tartibi: 
a) bog„lash yo„li bilan; b) tayoqcha bilan burash yo„li bilan; v) tayoqchani mahkamlash yo„li 
bilan;
 
- yuzning pastki qismidagi qon tomirlaridan oqayotgan qonni jag‗ 
arteriyasini pastki jag‗ chetiga bosib to‗xtatiladi; 
- chakka va manglaydan oqayotgan qonni chakka arteriyasini quloq oldidan 
bosib to‗xtatiladi; 
- bosh va bo‗yinning katta jarohatlaridan oqayotgan qonni uyqu arteriyasini 
bo‗yin umurtqa suyagiga bosib to‗xtatish mumkin; 
- qo‗ltiq osti va yelka jarohatidan oqayotgan qonni o‗mrov osti arteriyasini 


31 
o‗mrov chuqurchasidagi suyakka bosib to‗xtatiladi;
- bilak jarohatidan oqayotgan qonni yelka arteriyasini yelkaning o‗rtasidan 
osib to‗xtatiladi; 
- panja va barmoqlar jarohatidan oqayotgan qonni bilakning panja oldi 
qismidagi ikkita arteriyani bosib to‗xtatiladi; 
- oyoqlar jarohatidan oqayotgan qon son arteriyasini chanoq suyagiga bosib 
to‗xtatiladi. Oyoq panjasi jarohatidan oqayotgan qon panjaning ichiga o‗tuvchi 
arteriyani bosib to‗xtatiladi; 
- qonayotgan tomirni barmoqlar bilan suyakka birmuncha qattiq bosish 
kerak. 
2. Qon oqishini to‗xtatish uchun tomirni barmoqlar bilan bosgandan ko‗ra, 
qo‗l yoki oyoqni bo‗g‗imidan bukish yaxshi natija beradi. 
Agar shikastlangan kishining yengini yoki shimini tezgina shimarib, 
jarohatdan yuqoridagi bo‗g‗imni oxiriga qadar qattiq bukilsa va shu bukilgan joyga 
dumaloq qilib o‗ralgan har qanday materialni qistirib qo‗yilsa, jarohatga boradigan 
arteriya bosiladi. Shu holatda oyoq yoki qo‗lni gavdaga bog‗lab qo‗yiladi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling