Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
Sinov savollari
1. Elektr uskunalarni o‗chirish bo‗yicha texnik tadbirlar. 2. Elektr uskunalarni o‗chirish vaqtida xavfsizlik shiorlarini osish va ish joyini to‗sish, qanday amalga oshiriladi? 3. Elektr uskunalarni o‗chirish paytida kuchlanish yo‗qligini tekshirish ishlarini izohlab bering. 4. Elektr motor yoki mexanizmda ish olib borishda qanday tadbirlar qo‗llaniladi? 5. Qanday holat va ishlarda, elektr motorni o‗chirishini amalga oshirmaslik kerak? 6. Qanday hollarda elektr motorning kabelini yerga ulash talab qilinmaydi? 7. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr motorda ko‗chma yerga ulash uskunasi qanday bo‗lishi kerak? 8. Nasoslar, tutun mo‗rilari, havo yuboruvchi uskunalar va elektr motorlarda ishlashga ijozat berishdan oldin, qanday ehtiyot choralari ko‗rilishi mumkin? 9. Yuritmasi qo‗l orqali boshqariladigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan elektr motorlarni ulashda qanday xavfsizlik choralari ko‗rilishi kerak? 10. Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlar, havoli o‗chirgichlarni elektr tarmog‗iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ish holatida bo‗lganida, qanday xavfsizlik choralari ko‗rilishi zarur? 11. O‗chirgichning kalitlariga qanday xavfsizlik shiorlari osib qo‗yilishi kerak? 12. Komplekt taqsimlovchi uskunalarda ishlar va xavfsizlik choralari nimalardan iborat? 13. Komplekt taqsimlovchi uskunalarni tashqarisidagi ishlar va xavfsizlik choralarini tushuntirib bering. 14. Tok transformatorlarida bajariladigan ishlar va xavfsizlik choralariga rioya qilish yo‗llari, qanday amalga oshiriladi? 119 8–BOB. YERGA ULAGICHNI O„RNATISH BO„YICHA UMUMIY TALABLAR 8.1. Yerga ulagichni o„rnatish bo„yicha umumiy talablar Tok o‗tkazuvchi qismga yerga ulagichni o‗rnatish, kuchlanish yo‗qligini tekshirilgan zahotiyoq bajarilishi kerak. Ko‗chma yerga ulagich avval yerga ulanadigan qurilmaga, so‗ngra kuchlanish yo‗qligi tekshirilgan zahotiyoq, tok o‗tkazuvchi qismga o‗rnatilishi shart. Ko‗chma yerga ulagichni olishda uni teskari tarzda, ya‘ni oldin tok o‗tkazuvchi qismidan olib tashlab, keyin yerga ulangan uskunalardan olib qo‗yiladi. Ko‗chma yerga ulagichni dielektrik qo‗lqopda, 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida esa, izolyatsion shtangani qo‗llab qo‗yish va olish shart. Ko‗chma yerga ulagichni tok o‗tkazuvchi qismiga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‗lqop kiyib qo‗lda mahkamlash kerak. Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‗rsatib o‗tilganidan tashqari hollarda, yerga ulagich uchun mo‗ljallanmagan simlardan foydalanish man qilinadi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling