Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

Sinov savollari 
1. Elektr toki ta‘siridan shikastlangan va boshqa baxtsiz hodisaga 
uchraganlarga birinchi yordam berishning umumiy qoidalarini sharhlab bering. 
2. Mutaxassis bo‗lmagan kishilar birinchi tibbiy yordamni to‗g‗ri bera 
bilishlari uchun, qanday tadbirlarni amalga oshirishlari kerak? 
3. Sehdagi birinchi yordam shkafida yoki korxonadan tashqarida ishlayotgan 
brigada boshlig‗ining birinchi yordam sumkasida nimalar bo‗lishi kerak? 
4. Sun‘iy nafas oldirishga amal qilinadigan qoidalarni tushuntirib bering. 
5. Sun‘iy nafas oldirish yo‗llarini sharhlab bering. 
6. Tokdan qutqarish yo‗llarini izohlab bering. 
7. Birinchi yordam berish tadbirlarini izohlang. 
8. Jarohatlanganda birinchi yordam berish yo‗llarini gapirib bering. 
9. Qon oqishini to‗xtatish yo‗llarini tushuntiring. 
10. Badan kuyganda birinchi yordam berish tadbirlarini gapirib bering. 


38 
3–BOB. TEZKOR XIZMAT KO„RSATISH VA ISHLARNI BAJARISH. 
ISHLARNI BOSHIDAN OXIRIGACHA XAVFSIZ BAJARISH BO„YICHA 
MA‟SUL SHAXSLAR, ULARNING HUQUQ VA VAZIFALARI. UMUMIY 
TALABLAR 
3.1. Tezkor xizmat ko„rsatish 
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‗lgan elektr uskunalarda yakka o‗zi xizmat 
qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimi, shuningdek navbatchilik 
qilayotgan katta navbatchi elektr xavfsizligi bo‗yicha IV guruhga, qolgan xodimlar 
esa III guruhga ega bo‗lishi shart. 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan, elektr uskunalarda yakka o‗zi xizmat 
qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimi III guruhga ega bo‗lishi kerak. 
Kuchlanish ostida bo‗lgan, elektr uskunani to‗siqsiz tok o‗tkazuvchi qismiga 1-
jadvalda qayd etilganidan kam masofaga yuk ko‗taruvchi va boshqa mashina-
mexanizmlarning, hamda shaxslarning yaqinlashishi man etiladi. 
Elektrstansiya va podstansiya elektr uskunalarini yakka o‗zi ko‗rib chiqishni, 
elektr xavfsizligi bo‗yicha III guruhga ega bo‗lgan, navbatchi yoki tezkor-
ta‘mirlash xodimi yoki V guruhga ega bo‗lgan, ma‘muriy-texnik xodim yoki 
korxona rahbariyati bajarishi mumkin.
Elektrotexnikaga aloqasi bo‗lmagan xodimlar elektrstansiya va podstansiya 
elektr uskunalarini ko‗rib chiqishni va ekskursiyani, korxona ma‘muriyatining 
ruxsati bo‗lgan, yakka o‗zi ko‗rib chiqish huquqiga ega bo‗lgan, IV guruhli xodim 
nazorati ostida o‗tkazishi mumkin. 
Elektr uskunalarida xizmat qilmaydigan xodim elektr uskunaga navbatchi 
yoki tezkor-ta‘mirlash xodimi yoxud, yakka o‗zi ko‗rib chiqish huquqiga ega 
bo‗lgan, xodim hamrohligida ijozat berib kirgizilishi mumkin.
Nazoratchi xodim elektr uskunada ishlashga ruxsat etilgan ishchi 
xavfsizligini to‗la ta‘minlashi, hamda tok o‗tkazuvchi qismiga mutlaqo 
yaqinlashmaslik haqida ogohlantirishi kerak. 


39 
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‗lgan, elektr uskunalarni ko‗rib chiqish 
paytida tok o‗tkazuvchi qismlari 1-jadvalda ko‗rsatilgandan kam masofaga 
yaqinlashishga qarshi qo‗yiladigan to‗siqlar bilan jihozlanmagan xonalarga kirish 
man etiladi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling