Электр хавфсизлиги
Havo elektr uzatish tarmoqlari trassasini daraxtlardan tozalash
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.7. Havo elektr uzatish tarmoqlarini ko„rikdan o„tkazish va tekshirish
6.6. Havo elektr uzatish tarmoqlari trassasini daraxtlardan tozalash
Daraxtlarni yiqitishdan oldin ish joyi tozalanishi kerak. Qish paytida yiqilayotgan daraxtdan saqlanish maqsadida, uning ag‗anashiga qarama-qarshi tomonga qarab, qordan tozalangan 5-6 m uzunlikda ikkita yo‗lakcha ochilishi kerak. Kesilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlar ustiga chiqish man etiladi. Ishboshi barcha brigada a‘zolarini ish boshlashdan oldin, ag‗anayotgan daraxtlar, arqonlar havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yaqinlashish xavfi borligi to‗g‗risida ogohlantirishi shart. Daraxtlarning simlar ustiga ag‗anashini oldini olish uchun ularni kesishdan oldin tortqi bilan tortib qo‗yish zarur. Daraxt simlarga ag‗anagan taqdirda, havo elektr uzatish tarmog‗idan kuchlanishni olmasdan turib, unga 8 m gacha masofaga yaqinlashish ma‘n etiladi. Arrakashlar, ag‗anatilayotgan daraxtni tushishi to‗g‗risida, boshqa ishchilarni oldindan ogohlantirishlari shart. Daraxt ag‗anashi mo‗ljallangan tomonda, hamda uning qarama-qarshi tomonida turish ma‘n etiladi. Daraxtni, ma‘lum qismini kesmasdan yoki arralamasdan, butunlay arralab ag‗darish ma‘n qilinadi. Qiyshaygan daraxtni egilgan tomonga ag‗anatish zarur. Kesilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlarni ag‗anatmasdan, ishdan tanaffusga chiqish yoki boshqa daraxtni kesishga o‗tish man qilinadi. Chirigan va qurigan daraxtni ag‗anatishdan oldin, uni mahkamligini tekshirish, shundan so‗ng, yiqitish uchun arralashni boshlash zarur. Bu daraxtlarni kesib ag‗anatish man etiladi. Bir necha daraxtlarni oldindan ma‘lum qismini arralab hammasini birdaniga va birini ustiga birini yiqitish yo‗li 100 bilan ag‗anatish man etiladi. Birinchi navbatda chirigan, kuygan va qurigan daraxtlar ag‗anatilishi zarur. 6.7. Havo elektr uzatish tarmoqlarini ko„rikdan o„tkazish va tekshirish Havo elektr uzatish tarmoqlarini yoki o‗chirish-yoqish punktlarini ko‗rikdan o‗tkazish jarayonida, biron-bir ta‘mirlash va tiklash ishlarini baja-rish, shuningdek ustunlarga va uning konstruktiv bo‗laklariga ko‗tarilish man etiladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlariga ko‗tarilib tekshirishga ruxsat etiladi. O‗tish qiyin joylarda (botqoq, suv to‗siqlari, tog‗, o‗rmon va hokazo) va havo aynigan sharoitlarda, hamda kunning qorong‗i paytlarida havo elektr uzatish tarmoqlarini kuzatuvdan o‗tkazish, II guruhga ega bo‗lgan ikki xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak. Qolgan paytlarda havo elektr uzatish tarmog‗ini tekshiruvdan o‗tkazish II guruhga ega bo‗lgan bir xodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Kunni qorong‗i paytida havo elektr uzatish tarmog‗ini nazoratdan o‗tkazishda simlar ostidan yurish man qilinadi. Havo elektr uzatish tarmog‗ini nosoz joyini qidirayotganda ko‗rikdan o‗tkazuvchida o‗zi bilan ogohlantiruvchi belgi yoki shiorlar bo‗lishi zarur. 1000 V kuchlanishdan yuqori havo elektr uzatish tarmoqlarini uzib, yerda yotgan simlarga 8 m gacha masofaga yaqinlashish man qilinadi. Bunday simlarga odamlar va hayvonlarni yaqinlashishini oldini olish uchun nazoratchilar qo‗yilishi mumkin bo‗lgan hollarda, ogohlantiruvchi belgilar yoki shiorlar qo‗yilishi, hamda ushbu hodisa to‗g‗risida elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berilishi zarur. Agar temir-beton ustunli 6-35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‗i izolyatorlarining nosozligi, simlarni ustunga tegib turgani va boshqa sabablar natijasida yerga tok o‗tayotganlik alomati sezilsa, (ya‘ni yerdan namning ko‗tarilishi, ustunda va ustunning yerga tegib turgan joyida elektr yoyining paydo 101 bo‗lishi, hamda boshqa belgilar) kuchlanish ostidagi ustunga 8 m dan kam masofaga yaqinlashish ma‘n etiladi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling