Электр хавфсизлиги


 Ko„cha yoritish tarmoqlaridagi ishlar


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

6.9. Ko„cha yoritish tarmoqlaridagi ishlar 
Farmoyish bilan ko‗cha yoritish tarmoqlarini o‗chirmasdan, quyidagi 
hollarda ishlashga ruxsat beriladi: 
- yoritgichlari simlardan pastga o‗rnatilgan qayta yerga ulagich simi bilan, 
jihozlanmagan yog‗och ustunlarda yoki yog‗och narvon qo‗yib ishlagan hollarda; 
- izolyatsiyalovchi bo‗lagi bo‗lgan teleskopik minoralardan foydalanilganda; 
Boshqa barcha sharoitlarda ishlar naryad bilan bajarilib, ustundagi hamma 
simlardan kuchlanish olinishi va yerga ulagich o‗rnatilishi kerak.
Gazorazryadli lampalarni ishga tushirish va sozlash apparatlarida ish olib 
borish uchun, ushbu apparatlarni umumiy tarmoqdan o‗chirishdan avval, lampani 
umumiy tarmoqda ulangan simi bo‗shatib olinishi va statistik kondensatorlar 
zaryadsizlantirilishi kerak (zaryadsizlantirish qarshiliklari bo‗lishidan qat‘iy nazar). 
Sinov savollari 
1. Qanday havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish paytida, ish rah-bari 
tayinlanadi? 
2. Havo elektr uzatish tarmoqlarida farmoyish bo‗yicha ish bajarish qanday 
amalga oshiriladi? 
3. Naryad bo‗yicha ko‗p zanjirli havo elektr uzatish tarmog‗ida, havo elektr 
uzatish tarmoqlarining kesishgan joylarida, havo elektr uzatish tarmoq-larining 
turli uchastkalarida bajariladigan ishlarni tavsiflab bering. 
4. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlarida bajariladigan ishlar to‗g‗risida 
so‗zlab bering. 
5. Havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostida ishlash qanday amalga 
oshiriladi? 


103 
7–BOB. ELEKTR MOTORLAR, KOMMUTATSION APPARATLAR VA 
KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNALAR, HAMDA TOK 
TRANSFORMATORLARINING ELEKTR XAVFSIZLIGI. ELEKTR 
USKUNALARNI O„CHIRISH BO„YICHA TEXNIK TADBIRLAR 
7.1. Elektr motorlar 
Elektr motorlar va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlarining tok 
o‗tkazuvchi, hamda aylanayotgan qismlariga tegish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha 
ishlar olib borilganda, elektr motordan kuchlanish olib tashlanishi shart. Elektr 
motorlarning tok o‗tkazuvchi qismlari va ularning harakatga keltiruvchi 
mexanizmlariga, hamda aylanayotgan qismlariga tegib ishlash kerak bo‗lmagan 
barcha ishlarni, motor ishlab turgan paytida bajarish mumkin. 
Elektr motorda ish olib borilganda yerga ulagichni elektr motorni 
taqsimlovchi uskuna (шчит) bilan bog‗lovchi kabel elektr tarmog‗ining istalgan 
qismiga qo‗yish mumkin. Mexanizmlarning aylanayotgan qismiga tegish kerak 
bo‗lmagan ishlarni bajarishda va ulanish muftani bo‗shatib ajratish kerak bo‗lgan 
taqdirda, kabel elektr tarmog‗ini yerga ulash talab qilinmaydi. 
Agar o‗chirilgan elektr motorda ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga 
to‗xtatilgan bo‗lsa, elektr motorni elektr tarmog‗i bilan ulaydigan kabel elektr 
tarmog‗ini elektr motor tomonidan yerga ulab qo‗yilishi shart. Kabelning 
ko‗ndalang kesimi ko‗chma yerga ulagich uskunasini qo‗llashga imkon bermasa, 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr motorlarda kabelning fazalari payining 
ko‗ndalang kesimidan kam bo‗lmagan mis sim bilan yoki kabelni fazalari paylarini 
o‗zaro bir-biriga ulab, ularni izolyatsiyalash kerak. Ushbu yerga ulash yoki kabel 
fazasi paylarini bir-biriga ulash, tezkor-dispetcherlik jurnalida ko‗chma yerga 
ulagichlar singari hisobga olinishi shart. 
Agar nasoslar, havo almashinuv mo‗rilari va havo yuboruvchi uskunalar
elektr motorlari va uskunalarga ulangan mexanizmlar orqali elektr motorni aylanib 
ketishi mumkin bo‗lsa, elektr motorlarda ishlashga ijozat berishdan oldin ularning 


104 
so‗ruvchi klapan (задвишка) va shiberlari yopilishi va qulflanishi, shuningdek 
elektr motor rotorlarini tormozlash choralari ko‗rilishi shart. Ish olib borilayotgan 
elektr motor yaqinida joylashgan bir xil turdagi yoki unga o‗xshash o‗lchamli 
elektr motorlarga, ishlab turishidan yoki zaxirada turganidan qat‘iy nazar, «To„xta! 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling