Электр хавфсизлиги


 Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalarning


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

7.2. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalarning 
elektr xavfsizligi 
Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga 
ijozat berishdan oldin: 
- yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va 
boshqalar) va yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog‗idan o‗chirilishi shart; 
- o‗chirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi suruvchi klapan 
(задвишка) yopilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda 
havo chiqaruvchi klapanlar (пробка) ochiq holda qoldirilishi shart; 
- o‗chirgichlarni elektr tarmog‗iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar 
ishsiz holatga keltirilishi shart; 
- masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga 
«Yoqilmasin! Odamlar ishlamoqda!», hamda yopilgan ochgichlarga esa
«Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‗yilishi shart; 
Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida, sinab 
ko‗rish uchun uzatmalarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, 
shuningdek o‗chirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi.
Bunda «Yoqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar 
ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‗yiladi. 
Kommutatsion apparatlarni sinab ko‗rish uchun masofadan boshqarib yoqish 
va o‗chirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash, hamda tartibga so-lishni 
bajaruvchi ishchi amalga oshirishi mumkin.
Doimiy yoki navbatchisiz elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab 
qilinmaydi. 
Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab ko‗rilgandan keyin, navbatchi 
yoki ishboshi tomonidan ishni davom ettirish zarur bo‗lsa (apparatni uzoqdan 
boshqarib o‗chirib yoqqan shaxslar uchun), texnika xavfsizligi qoidalaridagi 
talablar bajarilishi shart. 


106 
Ishchi bosim ostida bo‗lgan havo o‗chirgichlarga faqat sinash va sozlash 
ishlari bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini 
olish, o‗lchov asboblarining simlarini ulash yoki bo‗shatib ajratish, havo 
siljiyotgan joyni aniqlash va shunga o‗xshash ishlar uchun) ko‗tarilishga ruxsat 
etiladi. 
Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan to‗ldiriladigan uzgichli o‗chirilgan 
havo o‗chirgichlariga ko‗tarilish man qilinadi. 
Havo o‗chirgichlarini nam o‗tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish
kam bosim ostida, zavod (korxona) yo‗riqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur. 
Sinash va sozlash uchun havo o‗chirgichlariga ko‗tarilishdan oldin: 
- boshqaruv zanjirlarini o‗chirish; 
- mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka 
qilinishi (masalan, havo o‗tkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va shunga 
o‗xshash) yoki ishboshi ko‗rsatmasiga asosan o‗chirgich bilan o‗chirish-yoqishni 
bajaradigan aniq bir ishchini o‗chirgichda ishlashiga ijozat beruvchi yo‗riqnoma 
olgan brigada a‘zosini o‗chirgich oldiga qo‗yish zarur; 
Bosim ostida bo‗lgan havo o‗chirgichlarida ishchi-xodimlar bo‗lgan paytida, 
boshqarish va taqsimlovchi shkaflaridagi barcha ishlar to‗xtatilishi shart. 
O‗chirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash, hamda o‗chirish va yoqish 
vaqtida xodimlarni havo o‗chirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi.
Sinash va sozlash ishlarini bajaruvchi ishboshi (yoki u tomonidan ta-
yinlangan brigada a‘zosi), havo o‗chirgichini ulash va o‗chirish uchun og‗zaki 
buyruqni, brigada a‘zolari o‗chirgich oldidan xavfsiz joyga yoki masofaga 
chiqarilganidan so‗ng, berishi shart. 
Xodimlarni havo yig‗uvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bog‗liq 
ishlarga ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur: 
- havo yuborilishi mumkin bo‗lgan quvurlarning suruvchi ochgichlari 
(задвишка) yopilib, kalit bilan qulflanishi va ochgichlarga, «Ochilmasin! 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling