Электр хавфсизлиги


 Elektr uskunalarni o„chirish vaqtida xavfsizlik shiorlarini osish va ish


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

7.5. Elektr uskunalarni o„chirish vaqtida xavfsizlik shiorlarini osish va ish 
joyini to„sish tartibi 
Yoqilishi
bilan, ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo‗lgan ajratgich
uzgich va quvvat o‗chirgichlarini yuritmalari, uzoqdan boshqaruvchi knopkalar va 
kalitlar, 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan kommutatsion apparatlar (avtomatik 
uzgich, ayirgich va hokazo) ga, «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior 
osib qo‗yilishi zarur. 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan avtomatik uzgich, ayirgich (рубилник) va 
ajratgichi bo‗lmagan ulamalarda, shiorlar saqlagichlar olib qo‗yilgan joylarda 
osiladi. Shiorlar, izolyatsion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda 
to‗siqlarga, bir qutbli ajratgichlarda esa, har bir ajratgichning yuritmasiga osiladi. 


113 
Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarda shiorlar texnika xavfsizligi qoidalariga 
mos ravishda osiladi. 
Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalariga, havo ochadigan suruvchi 
ochgichlariga, «Ochmang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. 
Kabel va havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish uchun o‗chirilgan 
ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarni sonidan qat‘iy nazar, bitta 
«Ulanmang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Bu shior ish joyini 
tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarni hisobga 
olib turuvchi xodimning ko‗rsatmasi bo‗yicha osiladi va echib olinadi. 
Kuchlanish ostida qolgan tok o‗tkazuvchi qismlariga to‗siq qo‗yish uchun, 
vaqtinchalik to‗siqlar yog‗ochdan yoki boshqa izolyatsion materiallardan yasalgan 
shchit, qoplama va boshqalar ishlatilishi mumkin. 
Kuchlanishni olmasdan turib qo‗yiladigan vaqtinchalik to‗siqlardan tok 
o‗tkazuvchi qismgacha bo‗lgan masofa 1-jadvalida ko‗rsatilgan masofadan kam 
bo‗lmasligi kerak. 6-10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida kerak bo‗lib qolgan 
hollarda, bu masofa 0,35 m gacha kamaytirilishi mumkin. 
Vaqtinchalik to‗siqlarga, «To„xta! Kuchlanish!» degan yozuv yozib 
qo‗yilgan yoki kerakli xavfsizlik shiori mahkamlangan bo‗lishi zarur. 
6-10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida tok o‗tkazuvchi qismlarni shchitlar 
bilan to‗sishni iloji bo‗lmagan hollarda, o‗chirilgan va kuchlanish ostida qolgan 
qismlar orasiga (masalan, o‗chirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyatsion 
qoplagich qo‗yishga ruxsat beriladi. Bu izolyatsion qoplagich kuchlanish ostidagi 
tok o‗tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin. 
Izolyatsion qoplagichni qo‗yish
va olishni elektr xavfsizligi bo‗yicha IV va 
III guruhga (ulardan biri navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimi) ega bo‗lgan ikki 
kishi dielektrik qo‗lqop
va izolyatsion shtanga yoki maxsus ombir yordamida 
bajarishi zarur. Ish joyi bilan chegaradosh xona, shkaf va panellar-ning 
to‗siqlariga, «To„xta! Kuchlanish!» degan shior osib qo‗yish zarur. 


114 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling