Электр хавфсизлиги


-rasm. Tashqariga chiqarib yerga ulash: a –printsipial sxemasi; b – plandagi ko„rinishi


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

32-rasm. Tashqariga chiqarib yerga ulash: a –printsipial sxemasi; b – plandagi ko„rinishi;
Yerga katta tok o‗tib ketadigan bo‗lsa (bu holat zamonaviy elektr 
uskunalarida sodir bo‗lishi mumkin), qobiqdagi yo‗l qo‗yilgan kuchlanishni yerga 
nisbatan ulash qurilmasini qarshiligini pasaytirish hisobiga xavfsizlikni ta‘minlab 
bo‗lmaydi. Bu holatda, konturli yerga ulagich qurilmalari qo‗llaniladi (33-rasm). 
33-rasm. Konturli yerga ulagich: a – vertikal bo„yicha qirqim; 
b – plandagi ko„rinishi; v – potensiallarning tarqalishi; 
 
Konturli yerga ulash qurilmalarida yerga ulagichlar, yerga ulanadigan 
uskunalarni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha ichkarisida setka 
shaklida o‗rnatiladi. 


128 
Tok qobiqga o‗tib ketish holatida yerga ulagichlardan yoyilib ketayotgan tok 
hisobiga, maydonchaning sathida maydonchaga chiqayotgan yeriga nisbatan, 
yuqori potensial hosil bo‗ladi. 
Potensiallarni yoyilish grafigini olish uchun har bir ulagichni potensiallarini 
alohida ustma-ust qo‗shib aniqlash mumkin. Shuni hisobidan uskunani qobig‗i va 
yer sathini potensiallari tenglashadi va maydon ichiga tegib ketish kuchlanishi 
xavfsiz bo‗lib qoladi. 
Konturli yerga ulash qurilmalarini maydon chegarasidan, qadamli 
kuchlanishi oshib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar o‗tadigan yo‗llarida 
alohida metalli shinalar o‗rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni taqsimlash 
qiyaligi, hamda qadamli kuchlanishi kamayadi. 
Shunday qilib, konturli yerga ulash qurilmasida yerga ulangan uskuna 
atrofidagi potensiali balandroq, potensiallari ayirmasi esa, pastroq bo‗lishi 
hisobiga, tegib ketish kuchlanishi va qadamli kuchlanishni xavfsizligi 
ta‘minlanadi. 
Yerga ulash qurilmalari, tabiiy va sun’iy bo‗lishi mumkin. 
Qurilishda va ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan elektr o‗tkazuvchi qismlar: 
metall konstruksiyalar, armatura, truba, quvurlar (yonuvchi va portlovchi gaz va 
suyuqliklardan tashqari), kabellarni metalli izolyatsiyasi (alyuminiydan tashqari) 
va h.k, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb ataladi. 
Yerga ulash qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Sun’iy yerga ulash qurilmalari, bu maxsus tayyorlangan bo‗lib, boshqa 
maqsadlarda qo‗llanilmaydi. 
Ko‗pincha ular vertikal joylashgan elektrodlar va ularni biriktiradigan 
gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo‗ladi. 
Vertikal elektrod sifatida, diametri 10-14 mm va uzunligi kamida 5 m 
bo‗lgan po‗latli o‗zak qo‗llaniladi, hamda o‗lchamlari 40x40 mm dan 60x60 mm 
gacha va uzunligi esa, 2-3 m bo‗lgan ugolniklar kamroq qo‗llaniladi. 
Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida, maxsus yuruvchi yerga ulash 
qurilmalari qo‗llaniladi. 


129 
Ularni o‗rnatish va yig‗ishtirishni osonlashtirish maqsadida, yerga burab 
o‗rnatiladigan elektrodlar, hamda biriktirish uchun qo‗llaniladigan maxsus 
qisqichlar mavjud. 
Yerga o‗tkazgichlar o‗zaro va yerga ulagichlar bilan biriktirish maqsadida 
yerga ulanadigan uskunani kobig‗i bilan payvandlanadi yoki bolt yordamida 
biriktiriladi. 
Magistral yerga o‗tkazgichlar yerga ulagichlar bilan ikki joyda biriktiriladi. 
Vertikal elektrodlarni odatda yerdan 70-80 sm chuqurroq o‗rnatiladi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling