Электр хавфсизлиги
-rasm. Daraxt yoki tayanchlarga chiqish kogtilari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
23-rasm. Daraxt yoki tayanchlarga chiqish kogtilari
Ustunning asosiy tik turgan qismida ishlaganda shunday joylashish kerakki, bunda kuchlanish ostida bo‗lgan eng yaqin turgan sim e‘tibordan yo‗qolmasligi zarur. Ustunning ayrim bo‗laklarini almashtirish jarayonida, ustunning yiqilishi yoki o‗rnida qo‗zg‗alishiga barham berish zarur. 90 Bir yoki ikki tayanchli П yoki АП tipidagi ustunlarning oyoqlariga qo‗shimcha bittadan yoki ikkitadan o‗rnatilgan tirgaklarni almashtirish uchun bir vaqtda ikkala tayanch oyoqlarini qazish man qilinadi. Avval bir ustun oyoq-lariga qo‗shimcha o‗rnatilgan tirgak almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanib, yer shibbalab bosilganidan so‗ng, ikkinchi ustun oyoqlariga qo‗shimcha o‗rnatilgan tirgakni almashtirishga kirishish mumkin. Ustun oyog‗iga qo‗shimcha ikkitadan o‗rnatilgan tirgaklar navbatma-navbat almashtirilishi kerak. Tirgaklarni chuqurdan olish va chuqurga tushirish jarayonida, ishchilar-ning chuqurda bo‗lishlari man qilinadi. Ustunlarni yiqitish va o‗rnatish usuli, qiyshayib ketishiga qarshi uni mustahkamlash usullari, hamda uni zarurligini ish rahbari, agar u tayinlanmagan bo‗lsa, naryad beruvchi belgilaydi. Elektrolizerlar oldidagi polda rezinali gilamlar to‗shalgan bo‗lishi shart. Kryukli tortqi ishlatilgan taqdirda, kryuk albatta himoya qulfi bilan jihozlangan bo‗lishi kerak. Izolyatsiyalovchi shokilalarda ishlash jarayonida bir yoki ko‗p zanjirli (ikki va undan ko‗p shodali) osma va ko‗p zanjirli tortib turuvchi izolyatorlar shokilalari bo‗ylab harakat qilishga ruxsat beriladi. Bir zanjirli tortib turuvchi izolyatsiyalovchi shokilada tana muvozanatini saqlash uchun maxsus moslamalar ishlatib yoki uning ustiga yotib, hamda oyoqlar bilan traversga ilinib ishlash mumkin. Izolyatsiyalovchi osma shodalarda ishlash jarayonida himoya kamarining osma arqoni traversga mahkamlanishi shart. Agar himoya kamarining osma arqoni kaltalik qilsa, belga mahkamlangan ikkita yordamchi arqondan foydalanish zarur. Arqonni bittasi traversga mahkam bog‗lanadi, ikkinchisini esa oldindan travers orqali o‗tkazib, brigadaning yordamchi xodimi ushlab, kerakli holatda tortib yoki bo‗sh qo‗yib turiladi. 91 Tortib turuvchi, izolyatsiyalovchi shodalarda ishlaganda, himoya kamarini osma arqoni traversiga yoki ushbu maqsadga mo‗ljallangan moslamaga mahkamlanishi shart. Osma va tortib turuvchi ko‗p zajirli izolyatsiyalovchi shodalarda himoya kamarini osma arqonini, izolyatorlarni ish olib borilmayotgan shodalarning biriga mahkamlashga ijozat beriladi. Himoya kamarining osma arqonini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash man qilinadi. Izolyatsiyalovchi shodalalar ajralib ketishiga olib keladigan nosozliklar aniqlansa, ish o‗sha zahotiyoq to‗xtatilishi kerak. Simlar va trosslarni traversga ko‗tarish (yoki tushirish), hamda ularni tortish jarayonida, traversda yoki ustunning traversasi ostida turish man qilinadi. Yuk ko‗tarish chizmasini tanlashda va ko‗tarish bloklarini o‗rnatishda, shunday hisob-kitob qilish kerakki, bunda ustunga shikast yetkazadigan kuch paydo bo‗lmasin. Ustunga ko‗tarilib, uning ustki qismigacha bo‗yash ishlarini II guruhga ega bo‗lgan brigada a‘zosi bajarishi mumkin. Ustun bo‗yalganda bo‗yoqning simlarga va izolyatorlarga tomizmaslik choralarini ko‗rish zarur (masalan, taglik ishlatish). Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling