Электр хавфсизлиги
«Ulamasin! Odamlar ishlamoqda!»
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
- 6–BOB. HAVO ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA TASHKILIY CHORALAR. ISH RAHBARINI TAYINLASH. HAVO ELEKTR UZATISH TARMOQLARI USTUNLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR
«Ulamasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osib qo‗yilishi zarur.
Quduq, kollektor va tunellarda, hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man etiladi. Quduq, kollektor va tunellarda uzoq muddatli ishlarni bajarayotganda ular ichida ishchilarni bo‗lish vaqtini, ishni bajarish shart-sharoitiga qarab, naryad beruvchi xodim belgilaydi. Quduq, kollektor va tunellarda gaz paydo bo‗lib qolsa, ish darhol to‗xtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, uni o‗chirmaguncha, ishchilar xavfli joydan chetlashtirilishi shart. Ish joyida yig‗ilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun, majburiy shamollatish uskunasidan foydalanish zarur. Sinov savollari 1. Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari, hamda kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash. 2. Podstansiyalar va qo‗shilmalarda bitta naryad bilan bir nechta ish joylarida ish bajarish tartibi qanday? 3. Taqsimlovchi elektr uskunalari hududida joylashgan havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari, dispetcherlik va texnologik boshqaruvchi vositalari uchastkalarida ishlash yo‗llarini izohlang. 4. Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari, hamda kabel elektr tarmoqlarida farmoyish bo‗yicha ish bajarish tartibi. 5. Kabel elektr tarmoqlarida yer qazish ishlarini tushuntiring. 6. Kabel va muftalarni inshootlarga osish, hamda mahkamlash. 7. Muftani ochish va kabelni kesish yo‗llarini izohlang. 8. Muftaga qo‗yiladigan birikma bilan ishlash. 85 6–BOB. HAVO ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA TASHKILIY CHORALAR. ISH RAHBARINI TAYINLASH. HAVO ELEKTR UZATISH TARMOQLARI USTUNLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR 6.1. Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini ta-yinlash va unda farmoyish bo„yicha ish bajarish 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‗lgan havo elektr uzatish tarmoqlarida, quyidagi ishlarni bajarishda ish rahbari tayinlanadi: - havo elektr tarmoqlarining qo‗riq maydonlarida yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanib ishlaganda; - hamma turdagi ustunlarni olib tashlash va o‗rnatishda; - havo elektr uzatish tarmoqlarining transport magistrallari va boshqa havo elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishgan joylaridagi ishlarda; - yangi qurilgan havo elektr tarmoqlarini elektr tizmasiga ulashda; - simlar va trosslarni ulash sxemalarini o‗zgartirishda; - ko‗pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, agar uning bir zanjiri ikkinchisiga ustma-ust joylashgan bo‗lsa yoki zanjirlar soni ikkitadan ko‗p bo‗lgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida qolsa, uning o‗chirilgan zanjirida ishlashda; - havo elektr uzatish tarmog‗ini alohida fazalarida ishlashda; - kuchlanish ostida bo‗lgan elektr uzatish tarmoqlarida ishlashda; - odamni yerdan izolyatsiya qilib elektr tarmoqlarining tok o‗tkazuvchi qismida, kuchlanish ostida ishlashda; Yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari boshqa ishlarga ham naryad beruvchiga ish rahbari tayinlash ruxsat beriladi. Havo elektr uzatish tarmoqlarining tok o‗tkazmaydigan qismlarida, elektr tarmog‗idan kuchlanishni olmasdan turib farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin: 86 - yerdan ishchi xodim oyog‗igacha hisoblaganda 3 m yuqorigacha ko‗tarilib bajariladigan ishlar; - ustunlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigan ishlar; - ustunlar tagini 0,5 m gacha chuqurlikda qazish ishlari; - havo elektr uzatish tarmoqlari trassalarini daraxtlar va shox-shabbalardan tozalash ishlari (bunda, kesilgan daraxtlar simga ag‗anab tushmasligiga, shox- shabbalar kesilganda odamlarni simlarga yaqin kelib qolmasligiga va ularni simlar ustiga tushmasligiga qarshi ko‗riladigan choralarini bajarish talab qilinmagan hollarda); Elektr xavfsizligi bo‗yicha II guruhga ega bo‗lgan ishchiga, havo elektr uzatish tarmog‗ida farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi: - ob-havo yaxshi paytda va qulay yo‗l sharoiti bor joylardagi havo elektr uzatish tarmog‗ini ko‗rib chiqish; - ustunlardagi doimiy belgilarni va yozuvlarni tiklash; - burchak o‗lchash asboblari yordamida havo elektr tarmoqlarini yergacha bo‗lgan balandligini o‗lchash; - yong‗in chiqmasligi uchun ustunlar atrofini o‗t-o‗lanlar va shox- shabbalardan tozalash; - ustunlardagi bandajlarni bo‗yash; Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling