Электр хавфсизлиги


 Naryad bo„yicha ko„pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ularining


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

6.2. Naryad bo„yicha ko„pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ularining 
kesishgan joylarida va turli uchastkalarida bajariladigan ishlar 
Har bir havo elektr uzatish tarmog‗iga, ko‗p zanjirli elektr uzatish tarmoq-
ning har bir tarmog‗iga alohida naryad beriladi. Bir necha havo elektr uzatish 
tarmoqlariga (zanjirlariga) bitta naryad quyidagi hollarda beriladi: 
- barcha zanjirlardagi kuchlanish olib tashlanganda yoki ko‗pzanjirli havo 
elektr uzatish tarmoqning biror-bir zanjiridan kuchlanish olinmaganda, kuchlanish 
ostida bajariladigan ishlarga; 


87 
- havo elektr uzatish tarmoqlarini bir-biri bilan kesishgan joylarda 
bajariladigan ishlarga; 
- transformator punktlari yoki komplekt transformator punktlari o‗chirib 
qo‗yilgan joydan chiqqan 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uzatish 
tarmoqlarida navbatma-navbat bajariladigan ishlarga; 
- bir nechta elektr uzatish tarmoqlarining tok o‗tkazmaydigan qismlaridagi 
kuchlanishni olmasdan turib bir turdagi bajariladigan ishlarga; 
Naryadda ta‘mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‗ini qaysi elektr uzatish 
tarmog‗i kesib o‗tgan bo‗lsa, uni o‗chirish va yerga ulash kerakligi ko‗rsatilishi 
shart (yerga ulagichlarni ish joyi yaqiniga, hamda texnika xavfsizligi qoidalarida 
ko‗rsatilgan joylarga qo‗yish sharti bilan). 
Agar ish sharoiti ta‘mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‗i yaqinidan o‗tgan 
elektr uzatish tarmog‗ini o‗chirish talab qilinadigan bo‗lsa, u haqda ham xuddi 
shunday ko‗rsatma naryadda qayd qilinishi kerak. Bunda ta‘mirlanayotgan elektr 
uzatish tarmog‗ini kesib o‗tgan yoki yaqinidan o‗tgan elektr uzatish tarmog‗ini 
yerga ulash, brigadani ishlashiga ijozat berishdan oldin bajarilishi kerak. 
Ushbu elektr uzatish tarmoqlaridan yerga ulagichni ish to‗la tugatil-
maguncha olish man qilinadi. 
Naryad, havo elektr uzatish tarmoqlarini alohida fazalarida bajariladigan 
ishlarga, ushbu elektr uzatish tarmog‗ining faqat bir transpozitsiya raqami ora-
lig‗ida berilishi mumkin. 
Ikkita anker ustuni oralig‗i 2 km dan ko‗p bo‗lsa, simlar va trosslarni osish, 
hamda almashtirishdan boshqa ishlarda, o‗chirilgan tarmoqlarda, brigada a‘zolarini 
2 km dan ko‗p bo‗lmagan uchastkada taqsimlanishiga ijozat beriladi. Bunday 
paytda bir brigada uchastkasining uzunligini naryad beruvchi belgilaydi. 
Agar ishchi xodim kuchlanish ostida elektr uzatish tarmog‗ini tok 
o‗tkazuvchi qismida ish bajarayotgan bo‗lsa, bir ustun (ikki ustun oralig‗ida) yoki 
ikki yonma-yon turgan ustunda turishi kerak. 


88 
Agar brigada bir naryad bilan har xil uchastkalarda, havo elektr uzatish 
tarmog‗i ustunlarida ish olib borsa, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga 
o‗tkazish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtirilmaydi. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling