Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shaxsiy ekranlovchi to„plamlarni ishlatish yo„riqnomasi»
41-rasm. Elektrostatik ekran sxemasi 42-rasm. Ekranlovchi kastyum: 1 - metalli yoki metalldan izolyatsiyalangan kaska; 2 – tok o„tkazuvchi gazlamadan tayyorlangan kombinezon; 3 - o„tkazgichlar; 4 - toko„tkazuvchi gazlamadan tayyorlangan qo„lqop; 5 – elektr o„tkazuvchan tagcharmli etik; 6 – tok o„tkazuvchi tagcharmni chiqishi 149 Ekranlovchi to‗plamlarning barcha elementlari o‗zaro ishonchli ulanishi, hamda oyoq kiyim yoki strubsinali sim orqali ekranlovchi ishchi kiyimlar yerga ulanganda, elektr zanjiri hosil qilinishi uchun kontaktli chiqish tugmalari bilan ta‘minlanadi. Har bir ekranlovchi to‗plam inventar raqami bilan belgilangan bo‗lishi zarur. Ekranlovchi to‗plamlarni ishlatish, «Shaxsiy ekranlovchi to„plamlarni ishlatish yo„riqnomasi» talablari asosida olib borilishi lozim. ЭПР va ЭПЗ ekranlovchi to‗plamlari, shaxsiy foydalanish uchun berilishi va shaxsan ishchilarga biriktirilishi lozim. ЭПХ ekranlovchi to‗plamlari umumiy foydalanishga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin, lekin to‗plamga kiruvchi maxsus oyoq kiyimlar esa, alohida har bir ishchiga biriktirilgan bo‗lishi zarur. Ekranlovchi to‗plamlar havo harorati 2°S dan 30°S gacha, namligi 80% dan oshmagan, quruq isitiladigan xonalardagi maxsus javonlarda saqlanishi kerak. Ekranlovchi kiyimlar ilgaklarda, oyoq kiyimlar va kaskalar esa, taxta tokchalarda saqlanishi zarur. To‗plamlarni kontaktlar chiqishlari orqali ko‗tarib yurish va osib qo‗yish ma‘n qilinadi. Maxsus kiyim va poyafzallarni muntazam ravishda tozalab, o‗z vaqtida ta‘mirlab turish lozim. Ekranlovchi to‗plamdagi maxsus kiyim elementlarini, elektr o‗tkazuvchanligini tiklash va tashqi ko‗rinishini yaxshilash uchun (kurtka, shim, xalat, cho‘ntaklardagi so‗kilgan choklarni, hamda yirtilgan joylarni yo‗qotish va kontaktli chiqarishlarni tiklash), shuningdek, kaska jildi va ekranlovchi qo‗lqoplarni ta‘mirlashga ijozat beriladi. Ta‘mirlash jarayonida elektr o‗tkazuvchi gazlamani elektr o‗tkazmaydigan gazlama bilan almashtirish man qilinadi. Ekranlovchi poyafzalni elektr o‗tkazuvchanligini tiklash maqsadida ta‘mirlash man qilinadi. Faqat uning tashqi ko‗rinishini yaxshilash uchun ta‘mirlash ishlariga (tagcharmni qoqish, so‗kilgan choklarni tikish va boshqa) ruxsat etiladi. 150 Ekranlovchi to‗plam bilan yomg‗ir paytida plashsiz yoki ivib ketishga qarshi boshqa himoya vositasiz ishlash man qilinadi. Ivigan maxsus ishchi kiyimni siqib quritish man qilinadi, ularni ilgakda osib quritish zarur. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling